144
Adsorbsiya – bu qattiq yoki suyuq modda sirtida boshqa modda molekulalari
va atomlari
yig‘ilishi jarayonidir. Adsorbsiya adsorbent yuzasidagi aktiv markazlarni molekulyar kuchi ta’sirida
borib, ularni sirt yuza energiyasini kamaytiradi. Adsorbsiyani yaxshi borishi adsorbsiyalanadigan
moddalarni tabiati va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: qutblanmagan (kam qutblangan)
birikmalar qutblanmagan adsorbentlarda yaxshi sorbsiyalanadi (ko‘mirda) va qutblangan
birikmalar qutblangan sorbentlarda yaxshi sorbsiyalanadi.
Yog‘ va moylardagi hamma bo‘yovchi moddalarni tabiati va strukturasi (tuzilishi) har xil.
Lekin ularning har biri o‘ziga xos qutblilikka ega. Shuning uchun ham adsorbsiyali rafinatsiyada
tanlash qobiliyatiga va aktivlikka ega bo‘lgan qutblangan adsorbentlar ishlatiladi. Yog‘ va
moylarni oqlash uchun tabiiy bentonit (alyumosilikat) tuprog‘ini kislota
bilan va termik qayta
ishlanib olingan – aktivlangan oqlovchi tuproqlar, aktivlangan ko‘mir qo‘llaniladi. Oqlash bir qator
adsorbentlarning rangli moddalarni va yog‘dagi ayrim chiqindilarni tanlab yutishiga asoslangan.
Yog‘ va moylarni oqlashda ishlatiladigan adsorbent aktivligi, oqlovchanligi va moy sig‘imi
bilan
harakterlanadi. Adsorbent qancha aktiv bo‘lsa, uni oqlovchanlik faktori ham shuncha yuqori
bo‘ladi.
Adsorbentning moy sig‘imi katta ahamiyatga ega. U qanchalik kichik bo‘lsa,adsorbent
shunchalik iqtisodiy arzonga tushadi. Aktivlangan tuproq-askanitni moy sig‘imi 75%ni tashkil
qiladi. Moylarni oqlash uchun ishlatiladigan sorbent miqdori yog‘dagi bo‘yovchi moddalarni massa
ulushiga bog‘liq bo‘lib, 0,5 dan 5 % gacha bo‘ladi. Oqlash jarayonining
samaradorligi, oqlangan
yog‘ning rangi, ishlatilgan sorbentning miqdori, yo‘qotish va chiqindilar me’yoriga, oqlangan
yog‘ning unumiga qarab aniqlanadi. Oqlash jarayonida aktivlangan
tuproq ishlatilganda bir oz
izomerizatsiya sodir bo‘lishi mumkin. Bu esa oqlangan yog‘ va moylarni saqlashda ularni sifatini
pasayishiga va saqlanish muddatini qisqarishiga olib keladi. Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar va yog‘
sig‘imini kattaligi iloji boricha oqlash uchun ishlatiladigan aktivlangan tuproq miqdorini
kamaytirishni talab qiladi. Oqlash vaqti 20-30 minutni tashqil qiladi. Adsorbent bilan yog‘ni
birgalikda uzoq muddat ushlab turish, uning oksidlanishiga olib keladi va yog‘ yer ta’mini oladi.
Oqlash
uchun gidratatsiya, neytralizatsiya qilingan, yuvilgan va quritilgan yog‘lar tavsiya etiladi.
Oqlash jarayonida oksidlanishni kamaytirish maqsadida jarayon vakuum ostida olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: