102
kislotalari gidroliz yo‘li bilan olinib, olingan yog‘ kislotalari distillyasiya qilinadi. Soapstokdan
yog‘ kislotalarini olish halq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Chunki soapstokni ishlatib o‘simlik
va hayvon yog‘lari tejaladi.
Soapstokni qayta ishlash.
Yog‘ tabiati va rafinatsiya usuliga ko‘ra soapstok tarkibida 30-
60 % yog‘ bo‘ladi. Soapstokni qayta ishlashning bir necha usullari mavjud. Och rangli yog‘larni
rafinatsiyasidan (kungaboqar) olingan soapstokni konsentrlangan sulfat kislota bilan quyidagicha
ishlanadi:
Soapstokka, uning og‘irligiga nisbatan 5% suv qo‘shiladi. Havo ta’sirida
aralashtirib turib,
konsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi, bunda jarayon oxirida suvli qatlamda 2-3 % erkin H
2
SO
4
qolishi kerak. Bu aralashma 1-1,5 soat, 85-95
0
C da aralashtirib, 4-6 soat tindiriladi. Bunda sovunni
parchalanishi natijasida eritma yuzasiga erkin yog‘ kislotalari va neytral yog‘
aralashmalari qalqib
chiqadi. Uchta qatlam hosil bo‘ladi. Quyi, suvli qatlam, neytralizatsiyadan so‘ng yog‘ tutgich orqali
kanalizatsiyaga tushiriladi. Oraliq qatlam (smolali moddalar), emulsiya yig‘uvchi sig‘imga
yuboriladi. Yuqori, soapstok yog‘li qatlam, natriy sulfat va yog‘siz moddalardan tozalash uchun
yuviladi, bu moddalar parchalanish jarayoniga va glitserin sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ayrim
vaqtda yog‘li qatlamni oldin karbonat sodasi bilan keyin esa suv bilan yuviladi.
Hosil bo‘lgan yog‘ kislotalari va neytral yog‘ aralashmasi parchalanadi. Glitserin miqdori
neytral yog‘ og‘irligiga nisbatan 7% ni tashkil qiladi. Parchalangandan so‘ng yog‘ kislotalari
distillyasiya qilinadi. Paxta yog‘idan olingan soapstok boshqa yog‘lardan olingan soapstokka
qaraganda tarkibidagi yog‘ miqdorini ko‘pligi, yuqori qovushqoqligi va bo‘yovchi
moddalar
ko‘pligidan, qora rangda bo‘lishi bilan farq qiladi. Pigmentlarning turli xilligi va murakkab
kimyoviy tabiati soapstokni qayta ishlanishini qiyinlashtiradi.
Soapstok tarkibida neytral yog‘ bor, bu yog‘, yog‘ kislotasi bilan birga distillyasiya vaqtida
yaxshi haydalmaydi. Soapstok sulfat kislota
bilan parchalashdan
oldin
kaustik soda bilan sovunlanadi, ya’ni hamma soapstokdagi neytral yog‘ sovun holiga
o‘tkaziladi.
CH
2
OCOR CH
2
OH
|
|
CHOCOR + 3NaOH
CHOH + 3RCOONa
|
|
CH
2
OCOR CH
2
OH
Shundan so‘ng, hosil bo‘lgan sovun sulfat kislota bilan parchalanadi.
2RCOONa + H
2
SO
4
RCOOH + Na
2
SO
4
Paxta yog‘idan olingan soapstokni sovunlanishining ikki xil usuli bor:
1)
elimli usul
2)
yadroli usul
Elimli usulda soapstok 30-40% li kaustik soda eritmasi bilan sovunlanadi va hosil bo‘lgan
yelimli aralashma tindirilmasdan sulfat kislota bilan parchalanadi. Yadro orqali olish usulida esa
sovunli yelim tindiriladi va hosil bo‘lgan sovun yadrosi parchalashga yuboriladi. Qozonda qolgan
sovunli yelim soapstok bilan neytrallanib osh tuzi bilan tuzlanadi.
Tindiriladi yadro parchalashga,
sovun osti ishqori esa yog‘ tutgichga yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: