107
Uzluksiz ishlaydigan distillyatsion kub
silindrik apparat bo‘lib, tubiga 9 ta seksiya
o‘rnatilgan. Seksiyalar elektr isitkich yoki yuqori haroratli organik issiqlik eltgich bug‘lari (VOT)
yordamida qizdiriladi. 0,3MPa bosimli ochiq bug‘ning berish uchun barbatyor joylashtirilgan. Xom
yog‘ kislotalari markaziy seksiyadan kub, doirasi bo‘ylab joylashtirilgan 8 ta seksiyaga shtutser
orqali ketma-ket oqib o‘tadi. Distillyasiya yuzaga kelib, yog‘ kislotalari bug‘lana boshlaydi.
Kubning yuqori qismida yog‘ kislotalari tomchilarini mexanik ravishda ajratadigan ikkita
konussimon tutgichlar va 5 mm teshikli panjara o‘rnatilgan. Patrubka orqali esa yog‘ kislotalari
bug‘lari kondensatorga chiqib ketadi.
Gudron esa apparatning oxirgi seksiyasidan uzluksiz chiqib turadi. Kub kislotaga chidamli
po‘latdan yasalgan bo‘lib, isitish yuzasi 11,85 m
2
ga teng.
Texnik olein va stearin olish.
Texnik olein kislotasi (olein) suyuq yog‘ kislotalari asosan
olein kislotasini aralashmasidan iborat bo‘lib, uni tarkibida oz miqdorda to‘yingan yog‘ kislotalari,
yog‘ kislotalarining polimerlangan va parchalangan ko‘rinishidagi organik aralashmalari
(aldegidlar, ketonlar, uglevodorodlar va boshqalar) bo‘ladi.
Texnik oleinning uch xil A, B va V markalari ishlab chiqariladi. A va B markali olein
kislotalar distillangan, V markasi esa distillanmagan bo‘ladi. Ularning asosiy sifat ko‘rsatkichlari
20-jadvalda ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: