portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari
20-jadval Texnik oleinni ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkich nomi
Olein markasi
A B V
Suvsiz mahsulotdagi yog‘ kislotalar miqdori,
%, kam emas
-
95,0
92,0
Suvsiz mahsulotda naften kislotalar 15% dan
ko‘p bo‘lmaganda umumiy yog‘ kislotalar
miqdori, %, kam emas
95,0
-
-
Sovunlanmagan va sovunlanmaydigan
moddalar miqdori, %, kam emas
3,5
3,5
6,5
Yod soni, % J
2
80-90
80-105
-
Qotish harorati,
0
C, ortiq emas
10,0
16,0
34,0
B markali olein ishlab chiqarish uchun xomashyo ikki yoki uch xil o‘simlik moylari
aralashmasidan iborat bo‘ladi. Aralashma shunday tuzilgan bo‘lishi kerakki, undan olingan
kislotaning qotish harorati 14-18
0
C va yod soni 90-105% J
2
ga teng bo‘lishi lozim. Tayyorlangan
aralashma reaktivsiz yoki kontaktli usul bilan 95% dan kam bo‘lmagan gidrolizlanish darajasigacha
parchalanadi. Tarkibida sulfat kislotasi bo‘lmagan yog‘ kislotalar quritiladi, so‘ng qotish harorati,
kislota va yod sonlari bo‘yicha texnik shartlarga mos kelishi tekshiriladi va distillanadi.
A markali olein ishlab chiqarish texnologiyasi ham xuddi shunday, faqat yog‘ kislota
distillyatiga 15% gacha naften kislotasi qo‘shiladi.
V markali olein yuvilgan va quritilgan, ammo distillanmagan o‘simlik moylari yoki
soapstokning yog‘ kislotalaridan iborat.
To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan texnik olein kislotaga, u bilan moylangan
gazlamalarni o‘z-o‘zidan yonib ketishga olib keladigan oksidlanishdan himoya qilish maqsadida
0,5%
β
-naftol qo‘shiladi. Texnik stearin kislotasi (stearin) to‘yingan yog‘ kislotalari, asosan stearin
va palmitin, hamda oz miqdorda to‘yinmagan kislotalar, olein va izoolein kislotalari aralashmasidan
iborat. Sanoatda stearin chuqur gidrogenlangan o‘simlik moylari, hayvon yog‘larini gidrolizlab,
hosil bo‘lgan yog‘ kislotalarni yuvib, quritib va distillyasiyalab olinadi.
Stearin qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab, har xil navlarda ishlab chiqariladi, ularning
asosiy sifat ko‘rsatkichlari 21-jadvalda keltirilgan.