O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


-MA’RUZA  SOVUN ISHLAB CHIQARISH



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

18-MA’RUZA 
SOVUN ISHLAB CHIQARISH 
 
Reja:
Sovun olish usullari. Sovunning fizik-kimyoviy xossalari. Sovunning suvli eritmasi 
fizik-kimyoviy xossalari.
Sovun bu yuqori molekulali yog‘ va naften kislotalarining tuzlaridir. Yuvish va tozalash 
uchun ishlatiladigan sovun 10 dan 20 gacha uglerod atomidan tashkil topgan yog‘ kislotalarining 
natriyli va kaliyli tuzlaridir. Tarkibida uglerod atomi soni 10 kam bo‘lgan yog‘ kislotalarining 
tuzlari yuvish qobiliyatiga ega emas. Sovunlar qo‘llanishiga qarab quyidagi ko‘rinishlarga ega: 
xo‘jalik sovuni, bu asosan matolar va boshqa har xil narsalarni yuvishda qo‘llanadi, atir sovun, 
tozalikni saqlash, yuz, qo‘llarni yuvishda ishlatiladi. Metall sovunlar (ishqoriy – yer va og‘ir 
metallar tuzlari), bu sovunlar tekstil sanoati, plastmassa va rezinotexnika sanoatida, farmatsevtika 
preparatlarini tayyorlashda qo‘llaniladi. 


 109
Xo‘jalik sovunlari hozirgi vaqtda uch turda 60%, 70% va 72% li sovunlar ishlab 
chiqarilmoqda. Yog‘ kislotalarini distillyasiya qilish qurilmalarini rivojlanishi, yog‘ chiqindilari va 
yog‘ o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hidini va rangini yaxshilanishiga olib keladi, hamda 70% li 
yuqori sifatli sovun olishga imkon beradi. Qattiq xo‘jalik sovunlari 250 va 400 g og‘irlikda ishlab 
chiqariladi. Suyuq xo‘jalik sovunlari esa 40-60% yog‘ kislotalari miqdorida xo‘jalik va texnik 
maqsadlar uchun tayyorlanadi. 
Atir sovunda 73-80% yog‘ kislotalari mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda “Ekstra”, I, II, III 
guruh va bolalar sovuni (80%) ishlab chiqarilmoqda. Qattiq atir sovunlar o‘z navbatida 10g dan 
200g gacha bo‘lgan turlari ishlab chiqariladi. Ular oq yoki rangli, ochiq yoki qadoqlangan holda 
bo‘lishi mumkin. 
Sovun olish usullari.
Sovun yog‘ kislotalarini o‘yuvchi va karbonatli ishqorlar bilan 
neytrallash tufayli hosil bo‘ladi. 
RCOOH+NaOH RCOONa+H
2

2RCOOH+ Na
2
CO
3
2RCOONa+CO
2
+H
2

Shuningdek sovun neytral yog‘larni sovunlanishi natijasida ham hosil bo‘ladi. 
CH
2
OCOR CH
2
OH 


CHOCOR + 3NaOH CHOH + 3RCOONa 


CH
2
OCOR CH
2
OH 
Suyuq sovun olishda kaliy karbonat va kaliy gidroksiddan foydalaniladi. 
Etonolaminli sovunni olish reaksiyasi quyidagicha bo‘ladi: 
RCOOH+N (CH
2
CH
2
OH)
3
RCOONH (CH
2
CH
2
OH)

Uch etonolamin Etonolaminli sovun 
Sovun olishni har qanday usulida, nordon sovun hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida, 
sovunlanish jarayoni ortiqcha ishqor ishtirokida olib boriladi. 
Nordon sovun hosil bo‘lishi quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi. 
RCOONa + RCOOH = RCOONa · RCOOH 
nordon sovun 
Yog‘lar va ishqorlarni tuzilishiga ko‘ra, sovun qattiq, yumshoq yoki malham holida bo‘lishi 
mumkin. Qattiq yog‘ kislotalaridan qattiq sovun, yumshoq yog‘ kislotalaridan yumshoq va malham 
simon sovun chiqadi. Bundan tashqari natriyli sovunga nisbatan kaliyli sovun yumshoq bo‘ladi. 
Sovunning fizik-kimyoviy xossalari 
Eruvchanlik.
 
Sovun spirtda, issiq suvda yaxshi eriydi va natriyli sovunlarga qaraganda 
kaliyli sovunlar yaxshi eriydi. Sovun molekulasidagi uglerod atomi sonini ko‘payishi, uning 
eruvchanligini kamayishiga olib keladi. Dietil efirida, benzinda, atsetonda sovun erimaydi. 
Tuyingan yog‘ kislotalari sovunlariga nisbatan to‘yinmagan yog‘ kislotalari sovunlari yaxshi eriydi 
va harorat oshganda eruvchanlik ortadi. Nordon sovunlar suvda qiyin eriydi, lekin qutbsiz 
erituvchilarda yaxshi erish qobiliyatiga ega. 
Elektro‘tkazuvchanlik.
Sovunlarning suvdagi eritmasi elektr toki o‘tkazish xususiyatiga 
egadir. Bu xususiyat sovun molekulalarini dissotsiatsiyasi bilan tushuntiriladi. 
RCOONa RCOO
-
+ Na

Harorat ko‘tarilganda elektr o‘tkazish ortadi. Sovun eritmasiga elektrolit qo‘shilganda 
elektro‘tkazuvchanlik ortadi. 


 110
Zichlik.
Sovunlarning zichligi tabiatiga, sovutish sharoitiga ko‘ra 960-1020 kg/m
2
oraliqda 
bo‘ladi. 
Erish harorati.
Suvsiz sovunlarni erish harorati 225-270
0
C ga teng. 60% li sovunni erish 
harorati 100
0
S dan past. 
Gigroskopiklik.
Sovunlar nam tortish, bo‘kish, xususiyatlariga ega, bunda issiqlik ajralib 
chiqadi. Natriyli sovunlarga qaraganda, kaliyli sovunlarni gigroskopikligi yuqori bo‘ladi. 
Sovun gidrolizi.
Suvli eritmalarda sovun gidrolizlanadi: 
RCOONa + H
2
O === RCOOH + NaOH 
Gidroliz darajasi sovunning tabiatiga, eritmaning konsentratsiyasiga, haroratiga bog‘liq. 
Konsentratsiya pasayganda gidroliz kuchayadi. Harorat ortganda sovunning gidrolizlanishi ham 
ortadi. Eritmaga ishqor va spirt qo‘shilganda gidrolizlanish pasayadi. 
Kislotalarni sovunga ta’siri.
Kislota ta’sirida erkin yog‘ kislotalari ajralib chiqish bilan 
parchalanadi. 
2RCOONa + H
2
SO
4
2RCOOH + Na
2
SO

Hosil bo‘lgan erkin yog‘ kislotasi neytral sovun bilan reaksiyaga kirishib nordon sovun hosil 
qilishi mumkin. Sovunni to‘liq parchalanishi uchun uni uzoq vaqt qaytanish lozim. 
Qovushqoqlik.
To‘yinmagan yog‘ kislotalari sovunlariga qaraganda tuyingan yog‘ kislotalar 
sovunlari ko‘proq qovishqoqlikka ega. Harorat pasayganda sovun eritmalarini kiritirilishi sovun 
eritmalarini qovishqoqligini oshiradi. Buning natijasida yadro va sovun osti ishqori hosil bo‘ladi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin