119
SOVUN PISHIRISH JARAYONI ASOSLARI
Reja:
Neytral yog‘larni sovunlanishi. Yog‘ kislotalarini neytralizatsiyasi. Yog‘li
aralashmalarni sovunlash uchun ishqor sarfini hisoblash. Sovun pishirish usullari.
Neytral yog‘larni sovunlanishi
. Neytral yog‘larni sovunlantirish ishqorlar bilan amalga
oshiriladi (NaOH, KOH). Neytral yog‘larni oddiy sharoitda karbonatli soda sovunlantirmaydi.
Neytral yog‘larni sovunlantirganda ikkita reaksiya sodir bo‘ladi.
Birinchi navbatda
uchglitserid gidrolizlanib, glitserin va kislota, keyin yog‘ kislota ishqor bilan reaksiyaga kirishib,
sovun va suv hosil bo‘ladi.
CH
2
OCOR CH
2
OH
|
|
CHOCOR + 3H
2
O CHOH + 3RCOOH
|
|
CH
2
OCOR CH
2
OH
RCOOH + NaOH RCOONa + H
2
O
Sovunlanish reaksiyasi sekin boradi, chunki yog‘lar
ishqorli suvda erimaydi, shuning
uchun reaksiya tezligiga emulsiyalarni disperslanganligi ta’sir qiladi.
Masalan: mol yog‘ini sovunlantirish 35 %-li NaOH bilan 45
0
C da olib borilganda
disperslikni sovunlanish darajasiga ta’siri 48-rasmda ko‘rsatilgan.
Emulsiya dispersligini oshib borishi sovunlanish reaksiyasining tezligini 20-30 marta
ko‘paytiradi. Reaksiya muhitida sekin-asta sovun hosil bo‘lib borishi bilan yog‘ni
konsentrlangan
sovun eritmasida erishi ortadi, sovunlanish tezlashadi va reaksiya tezligi gomogen muhitdagi
reaksiya tezligiga yaqinlashadi.
48 – rasm. Emulsiyani boshlang‘ich dispersligiga qarab yog‘larni sovunlanish tezligini o‘zgarishi.
1-emulsiyani sovunlanishi emulgatorda olib borilganda; 2-sun’iy
olingan emulsiya; 3-
turboaralashtirgich bilan sovunlantirish; 4-qo‘lda aralashtirish
Shunday qilib tutashish yuzasini kuchaytirish uchun, emulgator bo‘lishi kerak.
Sovunlash ish darajasi %
120
49-rasmdagi egri chiziqlardan ko‘rinib
turibdiki, yog‘larni sovunlanishi,
sovun
eritmasida bir necha marta tezroq boradi.
Emulgator vazifasini, dastlabki davrda hosil
bo‘lgan yoki qo‘shiladigan sovun bajaradi.
Sovunlanish tezligi, sovunlanadigan
massada 20 % va undan ko‘proq
sovun hosil
bo‘lganda juda tezlashib ketadi.
49 – rasm. Yog’larni ishqor bilan sovunlashni
tezligi : 1-50 %li sovundagi yog’ eritmasi; 2-
toza yog’lar
Haroratni ortishi reaksiya tezligini oshiradi, lekin emulsiyani buzulishiga olib keladi.
Shuning uchun reaksiya boshida harorat 60-80
0
C bo‘lishi kerak va sovun to‘plangan sari 100-105
0
C
gacha ko‘tariladi.
Ishqor eritmasining konsentratsiyasi oshganda sovunlanish tezligi oshadi.
Lekin
konsentrlangan eritma sovunni tuzlanishga olib keladi. Shuning uchun dastlab konsentratsiyasi past
bo‘lgan ishqor eritmasi, keyin konsentrlangan eritma ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: