112
Sovun eritmalarida ionli va plastinkasimon mitsellalar kislotalar anioni konsentratsiyasiga
bog‘liq holda muvozanat holatda joylashadi.
Sovun malekulasi sovun ionii
Plastinkasimon mitsella ionli mitsella
Sovun eritmasining
konsentratsiyasiga, sovunning tabiatiga, va haroratga qarab muvozanat
u yoki bu yo‘nalishga harakatlanishi mumkin.
Missella hosil qilishni kritik konsentratsiyasi (MKK).
Sovunli eritma konsentratsiyasini
o‘zgarishiga qarab, ikki turdagi mitsellani hosil bo‘lishi bu eritmani xossalariga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi.
Sovun eritmasining mitsella hosil bo‘lishi kuzatiladigan konsentratsiyasi MKK deyiladi.
MKK – sovunning tabiatiga, haroratiga (eritmaning) va elektrolitni mavjudligiga bog‘liq.
Harorat ko‘tarilishi bilan eritmaning MKKsi ortadi. Sovun eritmasiga spirt qo‘shilishi MKK ni
oshiradi, bu sovunni spirtda yaxshi erishi bilan bog‘liq. MKK – katta amaliy ahamiyatga ega.
Yuvuvchi moddalar eritmasining konsentratsiyasi MKK ga teng yoki undan yuqori bo‘ladi.
Sovunli eritmalarni konsentratsiyasi MKK dan past bo‘lganda, ular yuvish qobilyatiga ega emas.
Erituvchanlik qobiliyati(solyubilizatsiya).
Sovunlarning konsentrlangan eritmalari suvda
erimaydigan organik moddalar (yog‘ va moylar, alifatik va aromatik uglevodorodlar)ni kalloidli
eritish xususiyatiga ega.
Solyubilizatsiyada organik moddalar sovun molekulalarini
gidrofob qismini orasiga
joylashadi. Sovun eritmasining konsentratsiyasi va temperaturasini ko‘tarilishi erituvchanlik
xususiyatini oshiradi. Sovun erimasidagi erkin yog‘ kislotalari solyubilizatsiyani yaxshilaydi.
Solyubilizatsiyada plastinkasimon mitsellalarning joylashishini o‘zgarishi 45- rasmda ko‘rsatilgan.
45 – rasm. Natriy oleat mitsellasida benzolni erishining sxemasi
Sirt faollik.
Sovunning suvdagi eritmasi sirt faoldir, ya’ni sirt taranglikni pasaytiradi
(fazalar orasidagi tutash yuzani ozod energiyasini kamaytiradi). Suvli eritmalardagi sovun
molekulalari ikki faza (xavo-suv, suv-suyuqlik, suv-qattiq jism) ni tutash yuzalariga
113
adsorbsiyalanib mono molekulyar qavat hosil qiladi. Natijada taranglik kamayadi.
Uglevodorodlarning sirt tarangligi suvnikiga qaraganda anchagina harorat ko‘tarilishi
bilan sovunli
eritmani sirt tarangligi kamayadi.
Sirt taranglik: suv 20
0
C da – 73 erg/sm
2
kerosin 20
0
C da – 24 erg/sm
2
spirt 20
0
C da – 22 erg/sm
2
simob 20
0
C da – 472 erg/sm
2
suv 80
0
C da 62 erg/sm
2
Sirt tarangligi past bo‘lganligi uchun har xil moddalarni sovunli eritmasi oson xo‘llaydi .
Shu jumladan oleofil moddalarni ham.
Ko‘piklanish xususiyati.
Ko‘pik – uyali dispers sistema bo‘lib, bunda xavo pufakchalari
sovun pardasi bilan o‘ralgan (46-rasm). Ko‘pik uch komponentli sistema bo‘lib, havo-suv-sirt faol
modda (SFM) dan iborat.
46 – rasm. Ko‘pik zarrachasining tuzilishi
Ko‘pik sirt taranglik kamligida paydo bo‘ladi. Sovunli eritmaning xavo-suyuqlikni to‘tash
yuzasida mustaxkam parda hosil qilish ko‘piklanish xususiyatini belgilaydi, bu ko‘pikning
barkarorligini ta’minlaydi.
Bu xususiyat sovun eritmasini ko‘pik soni bilan xarakterlanadi.
Ko‘pikning barkarorligi – 5 min dan keyin parchalanib ketgan ko‘pik xajmining dastlabki
hajmiga nisbati bilan aniqlanadi.
Ko‘piklanish xususiyati va ko‘pik barkarorligi sovunning tabiatiga, konsentratsiyaga,
haroratga, elektrolit mavjudligiga bog‘liq.
To‘yingan yuqori molekulali yog‘ kislotalari sovunlari (S
16
,S
18
)
mayda yacheykali, lekin
barqaror ko‘pikni hosil qiladi. O‘rtamolekulali yog‘ kislotalari sovuni yirik yacheykali ko‘pikni
hosil qiladi. Yuqori molekulali yog‘ kislotalarini ko‘piklanish xususiyati qizdirilganda ortadi.
Pastmolekulali yog‘ kislotalari sovuni harorat ortganda ko‘piklanish xususiyati kamayadi.
Yuqori molekulali yog‘ kislotalarining kaliyli sovunlari natriyli sovunlarga qaraganda ko‘piklanish
xususiyati yuqori. Aksincha, past molekulali yog‘ kislotalarining natriyli sovuni kaliyli sovunga
nisbatan yaxshi ko‘piklanish xususiyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: