5.-boz, -bon qo‘shimchalari -vos, -vonkabi aytilsa-da, doimo asl shakli bo‘yicha yoziladi: dorboz, bog‘bon kabi.
6.-dir nisbat yasovchi qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shiladi: yondir, bordir, quvdir kabi (kel so‘zi bundan mustasno), qolgan o‘rinlarda -tir shaklida aytiladi va shunday yoziladi: ektir, quyultir, kestir kabi. 7.-ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, -gin, -gina qo‘shimchalari uch xil aytiladi va yoziladi ertaga, ertagacha, borgach, borguncha, borgudek, borgan; eshikka, eshikkacha, chiqqach, chiqquncha, chiqqani kabi.
8. Qo‘shimchalar qisqartma so‘zlarga qo‘shib, sonlardan esa ajratib yoziladi: O‘zMUga, 8 ga.
Xulosa. Til insonlarning o’zaro aloqa vositasi bo’lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne'matidir. Millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham tildir.Dunyoda har bir xalqning o’z tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli so’zlar, she'ru dostonlar, qo’shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o’z nufuzi, obro’siga ega bo’ladi. Har bir xalqqa o’z tili aziz va ardoqli. Sho’rolar davrida rus tili Ittifoq tili sifatida rivojlantirildi. U jahon tillari darajasiga ko’tarildi. Ayniqsa, ko’p ming asrlik tarixga ega bo’lgan turkiy xalqlar ham o’z ona tillari dunyodagi hech bir xalqning tilidan kam emasligini yoqlab chiqdilar. Bu yo’ldagi sun'iy to’siqlarni pisand etmadilar. Mustaqillik arafasida oilaviy va bozor tili darajasiga tushib qolgan o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi taklif va kurashlar samarasiz ketmadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Davlat hujjatlari, davriy nashrlar, darsliklar ona tilimizda yozila boshlandi. Bu xalqimiz ruhini ko’tardi. Sho’rolar davrida ham o’zbek tilini tiklashga, uni Davlat tiliga aylantirishga intilish kuchli bo’lgan. Xususan, ona tiliga bag’ishlangan turli tadbirlar o’tkazishga harakat qilingan bunday tadbirlar ayniqsa, mustaqillik arafasida tez-tez o’tkazila boshlangan.1988 yil matbuotda yangi bayram — «Til bayrami» haqida ma'lumotlar paydo bo’la boshlagan.