O‘zbek tili Davlat tili



Yüklə 65,06 Kb.
səhifə7/8
tarix20.04.2023
ölçüsü65,06 Kb.
#101058
1   2   3   4   5   6   7   8
O`bek tili davlat tli

KO‘CHIRISH QOIDALARI
1. Satrga sig‘may qolgan so‘zlar keyingi qatorga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi: tad-birkor, tadbir-kor, kol-lej, та’-lum, ta’-lim kabi (tutuq belgisi birinchi bo‘g‘inda qoldiriladi).
2. So‘z boshi va oxirida kelgan yolg‘iz unli hech vaqt yakka o‘zi qoldirilmaydi: e'-
lon emas, e’lon, u-ka emas, uka, mudofa-a emas, mudo-faa, a-badiy emas, aba-diy
singari.
3. Sh, ch, ng harflar birikmasi doim birgalikda yoziladi: ko-shona, pu-chuq, de-ngiz kabi.
4. Qisqartma so‘zlar, ko‘p xonali raqamlar keyingi qatorga ko‘chirilmaydi: O‘zMU,
ToshDPU, 2001, 193156, XX kabi.
5. Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 10-«А» sinf, 100 gr, 25 sm, 10 mm kabi.
6. «O‘qituvchi-91», «Andijon-9», «Boing-774» kabilar ajratib ko‘chirilmaydi.
ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI
1. a unlisi bilan tugagan fe'llarga -v, -q, -qi, -vchi qo‘shimchalari qo‘shilganda a unlisi о aytiladi va shunday yoziladi: sayla—saylov, qayna—qaynoq, sayra—sayroqi. Shuningdek, o‘qi— o‘quvchi, sovi—sovuq, to‘qi—to‘quvchi so‘zlarida i unlisi u ga aylanishi mumkin.
2. K k va Q q harfi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa, ular g va g‘ ga aylanadi: yurak—yuragi, bilak—bilagim, tilak—tilagim; buloq—bulog‘im, quloq— qulog‘ing, qishloq—qishlog‘i kabi.
Erki, ishtiroki, huquqi, ravnaqi singari so‘zlarda bunday holat kuzatilmaydi. 3. Singil, o‘rin, ko‘ngil, og‘il, shahar kabi sozlarga egalik qo‘shimchasi, qayir, ayir so‘zlariga nisbat yasovchi qo‘shimcha, ikki, olti, yetti so‘zlariga jamlovchi son hosil qiluvchi qo‘shimcha qo‘shilsa, asosda tovush tushishi hodisasi ro‘y beradi. 4. U, shu, o‘sha kabi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dagi, -dosh, -cha qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n orttiriladi, aksincha, men, sen olmoshlariga -ni, -ning va -niki qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n tushirib qoldiriladi: bunda, o‘shancha, meni, sening kabi.

Yüklə 65,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin