7.Shanba, yonbosh, jonbozlik; yonma-yon, ko‘rinmaslik kabi so‘zlarda «n» tovushi «m» tarzida aytilsa-da, har vaqt «n» yoziladi.
8.Metall, kilovatt, kongress kabi so‘zlar oxiridagi qo‘sh undoshlardan biri talaffuzda tushirilib qoldirilsa ham, yozuvda hamisha ifodalanadi. Agar qo‘shimcha qo‘shilsa, qo‘sh undoshlardan biri tushib qoladi. Mas.: metalni. Tutuq belgisining vazifalari: 1. Unlidan keyin kelib, shu unlini cho‘ziqroq aytilishi uchun qo‘yiladi: a'lo, Ra'no, da’vo, ta'па, та’lum, та'no, me’mor, me'roj, ma’yus, та’sum, та’rifat, та’naviyat, ta’zim, ta’b, ba’zan, ra’y, e’lon, e’tibor, e’tiqod, she’r, fe’l, shu’la, Nu’mon, ne’mat. 2. Undoshdan keyin kelib, shu undoshni keyingi unlidan ajratib aytish uchun qo‘yiladi: sur’at, jur’at, mas’ul, mas'ud, qal’a, in’om, san’at, qat’iy, qit'a. 3. S va h harflari yonma-yon kelgan paytda sh harflar birikmasidan farqlash uchun qo‘yiladi: Is'hoq, as'hob. ESLATMA: Mo‘jiza, mo‘tabar, mo‘tadil kabi so‘zlarda o‘ unlisi cho‘ziqroq aytilsa ham (') tutuq belgisi qo‘yilmaydi. Shuningdek, kirill alifbosida ayirish (hozirgi tutuq) belgisi bilan yoziluvchi съезд, объект, субъект kabi so‘zlar yangi alifboda syezd, obyekt, subyekt shaklida tutuq belgisiz ifodalanadi.
QO‘SHIB YOZISH 1. Xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab, aro kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, qo‘ymijoz, maymunsifat, kamhosil, umumdavlat, bug‘doyrang va h.k. 2. -r, -ar, -mas qo‘shimchasi bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: o‘rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqmas kabi.
3. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali hosil qilingan qo‘shma otlar va sifatlar qo‘shib yoziladi: toshbaqa, oybolta, qo‘yko‘z, sherdil, otquloq singari.
4. Narsaning rangi, mazasi, nima uchun mo‘ljallanganligi yoki joyga nisbat berish kabi ma’nolarni bildiruvchi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: ko‘ksulton, oqbosh; shirinso‘z, achchiqtosh; kirsovun, tokqaychi, ko‘zoynak, qiymataxta; tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
5. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi:
Oqtepa, Uchqo‘rg‘on, Davlatobod, Xo‘jaobod kabi, lekin Markaziy Osiyo, Ko‘hna Urganch, G‘arbiy Yevropa kabi joy nomlari ajratib yoziladi.