Yozuvlarimiz haqida
O‘zbek xalqi o‘z tarixi davomida oromiy, kushon, sug‘d, o‘rxun-enasoy kabi yozuvlardan foydalanib kelgan. VIII asrdan 1929-yilgacha arab yozuviga asoslangan eski o‘zbek yozuvidan foydalanilgan. 1930–1940-yillar oralig‘ida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek yozuvi amalda bo‘lgan. 1940-yilning 8-mayida lotin yozuvidan kirill yozuviga o‘tilgan. 1993-yil xalqimiz lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini qabul qildi.
1993-yil 2-sentabrda respublikamizning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya (axborot almashish) tizimiga kirishini jadallash tirish maqsadida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi va 31 harf, bitta belgidan iborat alifbo taqdim etildi. 1995-yilning 6-7-mayida bu alifboga o‘zgartirishlar kiritildi va 26 harf, 3 ta harflar birikmasi, bitta belgidan iborat alifbo taqdim etildi.
1995-yil 24-avgustda ushbu yozuvning «Imlo qoidalari» (to‘g‘ri yozish) qoidalari qabul qilindi.
Hozirda dunyo aholisining 30% i lotin alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadi.
YANGI IMLO QOIDALARI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yilning 24-avgustida 339-sonli «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qaror qabul qildi. U 7 bo‘lim, 82 banddan iborat.
UNLILAR IMLOSI
1. Milliard, material, radiator, tabiat, shariat, million, radio, stadion, biologiya, ukrain, maishat, mozaika, said, doim, shoir, oila, toifa, ellipsoid, alkoloid, teatr, okean, laureat singari so‘zlar talaffuzida unlilar orasida «у» undoshi qo‘shib aytilsa-da, yozuvda tushib qoladi.
2. Aerostat, aerodrom, aeroport kabi so‘zlarda ikkinchi unli «y» aytilsa ham, «e» yoziladi.
3. Taassurot, taalluq, taajjub, manfaat, matbaa, mudofaa, saodat, sanoat, maorif, muomala, inshoot, vakuum, kauchuk, soat, taom, maosh, muallim, muattar, muallif, tabiat, aorta, burjua, shuaro, muammo, matbuot, tabiiy, rioya kabi so‘zlardagi unlilar yozuvda saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |