Nazorat ishi: Diktant. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
40-42-mavzu. Ranglar (3 soat (A1+: 4 soat))
Lug‘at: oq, qora, qizil, sariq, yashil, ko‘k, kulrang, havorang, jigarrang kabirang bildiruvchiso‘zlar (1 soat).
Esa so‘zi, qaysi rang? qanday rangda? so‘roqlari(2 soat).
Nutq namunalari: Bu qaysi rang? Bu yashil rang. Osmon qanday rangda? Bu gullar qanday rangda? Bu qizil gul, ana u esa sariq gul.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: ranglarning nomlanishini, Bu qaysi rang? Nima qanday rangda? so‘roqlarini tinglab tushuna oladi va ularga mavzuga oid tayanch so‘zlar hamda o‘rganilgan vositalar asosida javob bera oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga doir narsalarning rang-tusini bildiruvchi so‘z va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi va yoza oladi.
43-45-mavzu. Tana a’zolari(3soat (A1+: 4 soat))
Lug‘at: bosh, yuz, ko‘z, tish, til, lab, quloq, burun, qosh, qo‘l, barmoq, oyoq, soch kabi tayanch so‘zlar; yuvinyapti, tozalayapti, artyapti, tarayapti, sochiq, sovun, taroq, toza so‘zlari (2 soat);
Kimnima qilyapti? nima bilan?so‘roqlari(1 soat).
Nutq namunalari:yuzini yuvyapti, sochiq bilan artyapti, tishini tozalayapti, sochinitarayapti; Kim nima qilyapti? Botir yuzini yuvyapti? Bahrom-chi? U nima qilyapti? kabilar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: tana a’zolari nomlarini, Kim nima qilyapti? Nima bilan? so‘roqlarini tushuna oladi va ularga javob bera oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi. Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: tana a’zolari nomlari, belgilar va faoliyatini ifodalovchi so‘zlar hamda birikmalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi va yoza oladi.
46-48-mavzu. Kiyimlar (3 soat (A1+: 4 soat)) Lug‘at: ko‘ylak, shim, do‘ppi, ro‘mol, qalpoq, etik kabi tayanch so‘zlar (1 soat); yangi, eski, tor, yaxshi belgi bildiruvchi so‘zlari; kiyyapti, kiymayapti, o‘rayapti, tozalayapti, bog‘layapti, bog‘lamayapti kabi so‘zlar (1 soat);
Dostları ilə paylaş: |