Yozish: Ff, Vvbosh va kichik, bocma va yozma harflarini to‘g‘ri yoza oladi. O‘rganilgan harflardan so‘zlar va so‘z birikmalari tuzib, yoza oladi. Tutuq (’)belgisini to‘g‘ri yoza oladi.Harflarning yozma shaklini husnixat talablari asosida yoza oladi.
6-8 ta so‘zdan iborat lug‘at diktantini yoza oladi.
Nazorat ishi: Diktant(1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
32-33-mavzu. Yangi yil bayrami (2 soat (A1+:3 soat))
Lug‘at: Yangi yil, archa, o‘yinchoqlar, bayram, sovg‘a, qo‘shiq, raqs, chiroqlar, Qorbobo, Qorqiz; quvnoq, yasatdik, bezatdik, raqs tushdik, she’r aytdik, sovg‘a oldik, hamma, birga kabi tayanch so‘zlar.
Nutq namunalari: Yangi yil bayrami boshlandi. Archamizni o‘yinchoqlar bilan bezadik. Archa atrofida niqob kiygan bolalar o‘ynadi. Anvar tulki bo‘ldi….
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash:mavzuga oid so‘zlar, berilgan savollarni tushunib, ularga javob bera oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va so‘z birikmalarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi va yoza oladi.
34-36-mavzu. Sanaymiz (3 soat (A1+:4 soat))
Lug‘at: bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n; o‘n bir, o‘n ikki, o‘n uch, o‘n besh, o‘n to‘qqiz, yigirma, o‘ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to‘qson, yuz kabi sanoq so‘zlar;
Nutq namunalari: bir–bitta, ikki–ikkita, uch-uchta, o‘n, yigirma, o‘ttiz, qirq, ellik, oltmish, yuz, ikki yuz kabi faol sanoq so‘zlarni otlar bilan qo‘llash: Xonada nechta deraza bor? Xonada to‘rtta deraza bor. Nechta o‘g‘il bola bor? To‘qqizta o‘g‘il bola bor.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash:Sanoq so‘zlar (1soat), nechta? qancha? so‘roq so‘zlari(1soat), -ta qo‘shimchasi (1 soat). O‘tilgan grammatik vositalar asosida savollarga javob bera oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi.
Dostları ilə paylaş: |