O‘zbek tili fani o‘quv dasturi (2-9-sinf) toshkent-2017 uqtirish xati



Yüklə 235,47 Kb.
səhifə16/75
tarix04.08.2023
ölçüsü235,47 Kb.
#138562
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
Ozbek tili o`quv dastur

Nutq namunalari: Bu maktab binosi. Men shu maktabda o‘qiyman. Maktabimiz to‘rt qavatli. Yo‘laklari keng va yorug‘. Maktabimizda sinfxonalar ko‘p. Biz maktabda o‘qish va yozishni o‘rganamiz.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash:mavzuga oid so‘zlarni, berilgan savollarni tinglab tushunadi va ularga javob bera oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab, sodda yig‘iq gaplar tuza oladi.


4-5-mavzu. Sinfimiz (2 soat (A1+: 3 soat))
Lug‘at: sinf, qatorlar, kitob javoni, yozuv taxtasi, o‘qituvchi stoli, suratlar, sinf burchagi, devorda, kitob javonida, qo‘ng‘iroq, dars, mashq kabi tayanch so‘zlar; yonida, ichida, ustida, oldida, o‘rtada, o‘ng tomonda, chap tomondakabi ko‘makchi so‘zlar; chalindi, boshlandi, kiring,o‘tiring, tinglang, o‘qing, yozing, diqqat bilan, tartib bilan kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar (1 soat), o‘rin-joyni ko‘rsatuvchi -da qo‘shimchasi (1 soat).
Nutq namunalari: Sizning sinfingiz qanday? Bizning sinfimiz keng va yorug‘. Sen qaerda o‘tirasan? Men o‘rta qatordagi birinchi partada o‘tiraman. Bugun necha soat dars bo‘ladi? Bugun to‘rt soat dars bo‘ladi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash:.“Sinfimiz” mavzusiga oid so‘zlar, ular yuzasidan berilgan savollarni tinglab tushuna oladi va ularga o‘rganilgan vositalar asosida javob bera oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab, sodda yig‘iq gaplar tuza oladi.


6-8-mavzu. Oila (3 soat (A1+4 soat))
Lug‘at: ota, ona, bobo, buvi, o‘g‘il bola, qiz bola, aka, uka, opa, singil, amaki, xola kabi oila mavzusiga oid faol so‘zlar (1 soat).
-mi, -chi so‘roq yuklamalari, tasdiq va inkorni bildiruvchi ha,yo‘q so‘zlari (2 soat).

Yüklə 235,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin