mavzuga oid tayanch so‘zlar, so‘z birikmalarini tushunib nutqda o‘rinli qo‘llay oladi;
savollar javob bera oladi, o‘zi, oila a’zolari, do‘stlari, qarindoshlari haqida ma’lumot bera oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:
A1
mavzuga oid so‘zlar so‘z va so‘z birikmalarini, nutq namunalarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi va yoza oladi;
mavzular bo‘yicha berilgan so‘zlarni bo‘g‘inlab to‘g‘ri o‘qiy oladi, mavzu bo‘yicha berilgan kichik she’rlarni o‘qib, yoddan ayta oladi;
mavzular bo‘yicha o‘zlashtirilgan so‘zlarni, 2-4 ta yig‘iq gaplardan iborat matnni to‘g‘ri ko‘chirib yoza oladi;
o‘zlashtirilgan so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib yoza oladi;
10-15 ta so‘zdan iborat diktant matnini yoza oladi.
A1+
mavzuga oid so‘zlar so‘z va so‘z birikmalarini, nutq namunalarini to‘g‘ri talaffuz qilib yoza oladi;
so‘zlarni bo‘g‘inlab to‘g‘ri o‘qiy oladi, qisqa dialogik matnlarni ohangga rioya qilgan holda o‘qiy oladi;
mavzu bo‘yicha berilgan she’rlarni ifodali o‘qib, yoddan ayta oladi.
Nazorat ishi: Test. (1 soat) Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun (1 soat (A1+4 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun 60 soat (A1+: 88 soat)
Nazorat ishlari uchun 3 soat
Xatolar ustida ishlash uchun – 3 soat
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun (2 soat(A1+ 8 soat)
Jami: 68 soat (A1+: 102 soat)
3-SINF
(haftasiga 2 soatdan jami 68 soat, A1+ : 102 soat )
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: A1 televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni tinglab tushunish;
oddiy tabriknomalar yozish, daftar muqovasini, kundalik daftarini to‘ldirish.
A1+ televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish;
tabriknomalar yozish, daftar muqovasini, kundalik daftarini to‘ldirish.