A1+ axborot manbalaridan (televizor, telefon, kompyuter) foydalana olish; telefon orqali yuborilgan xabarni o‘qish va xabar jo‘natish;
media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topish va foydalanish.
A2 mavjud axborot manbalaridan foydalanib(internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish;
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (tabrik xati yoza olish, anketalarni to‘ldirish, o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta olishi va boshq.)
A2+ kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish(tavsifnoma, ariza, shaxsiy ma’lumotnoma yoza olish).
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A1 mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish;
sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish;
o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.
A1+ hatti-harakatini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
A2 shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy kamolotga intilish;
o‘zini nazorat qila bilish,halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
A2+ o‘qib-o‘rganish, bilimini mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
o‘z xatti-harakatini adekvat baholash;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1 davlat ramzlarining ma’nosini tushunish;
farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish;
A1+ davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish;
A2 o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish;
kasblarning mohiyatini tushunish;
mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomalamadaniyatiga ega bo‘lish.
A2+ o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish
kasbni ongli ravishda tanlash;
yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish.