O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
kun tartibiga amal qilish;
maktabda, uyda rasmli kitoblar, jurnallar yordamida mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish;
o‘z xatosini tushunish va tuzatish.
A1+
kun tartibiga amal qilish;
maktabda, uyda, to‘garakda rasmli kitoblar, jurnallar yordamida mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish;
o‘zini nazorat qila bilish, o‘z xatosini tushunish va tuzatish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
A1
orasta kiyinish, kiyimlarini,maktabi, sinfidagi jihozlarni avaylab asrash;
milliy bayramlarni bilish.
A1+
orasta kiyinish, maktabi, sinfidagi jihozlarni avaylab asrash, odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
milliy bayramlarni bilish.
1-mavzu. Tanishuv (1 soat (A1+:2 soat))
Lug‘at:o‘zbek tilida salomlashishva xayrlashishga oid so‘zlar: assalomu alaykum, xayr; men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari; bu ko‘rsatish olmoshi; kim? nima? so‘roq olmoshlari, atoqli otlar.
Nutq namunalari: – Bu kim? – Bu men. – Siz kimsiz? – Ism familiyangizni ayting. –IsmimAnvar. –Familiyam….
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash:
A1
men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari, bu ko‘rsatish olmoshi; kim? nima? so‘roq olmoshlari, salomlashishva xayrlashish, tanishuvga oid savollarni tinglab tushuna oladi.
A1+
salomlashish va xayrlashish, tanishuvga oid savollarni tinglab tushuna oladi.
2-4-mavzu. A, O, Nharflari (2 soat (A+:3 soat))
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Talaffuz qilish: A a, O o, N n tovushlari, bosh va kichik harflari, bu harflar ishtirokidagi faol so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi. O‘qish:A,O,N harflari ifodalagan tovushlarni farqlay oladi. Bu harflar orqali ifodalanuvchi so‘zlarnito‘g‘ri o‘qiy oladi.
Yozish:A a, O o, N n bosh va kichik, bocma va yozma harflarini to‘g‘ri yoza oladi. Ushbu harflardan so‘zlar tuzib, yoza oladi.
Dostları ilə paylaş: |