15-17-mavzu. Polizda (3 soat (A1+: 4 soat))
Lug‘at: poliz,piyoz, bodring, karam, sabzavot, o‘smoq, yordam bermoq,hosil, mevalar, dehqonlar, ko‘p, qutilar, ombor kabi tayanch so‘zlar (1 soat); saqlanadi, yetkaziladi, uziladi, yetiladi, yig‘ib olinadi kabi harakat-faoliyatni bildiruvchi so‘zlar (2soat).
Nutq namunalari: Polizda nimalar o‘sadi? Polizda karam, kartoshka, sabzi, piyoz va boshqa sabzavotlar o‘sadi. Polizda qanday sabzavotlar yetiladi? Nima uchun sabzavotlarni kuzda yig‘ib olinadi?
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash:mavzuga oid so‘zlar, berilgan savollarni tushunib, javob bera oladi, “Polizda” rasmi asosida suhbatlasha oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab, sodda yig‘iq gaplar tuza oladi.
18-20-mavzu. Mevalar (3 soat (A1+ 4 soat))
Lug‘at: mevalar, mevali daraxtlar, anor, o‘rik, nok, uzum,olcha, gilos, behi, anjir, bog‘lar, uzumzor, olmazor, savat kabi tayanch so‘zlar; o‘sadi, pishadi, terib olinadi, yuboriladi kabi harakat-faoliyatni bildiruvchi so‘zlar, shirin, nordon, har xil, qirmizi, to‘q qizil, suvli, suvsiz kabi belgi bildiruvchi so‘zlar (2 soat), hamma, barcha olmoshlari (1 soat).
Nutq namunalari: Bu qanday bog‘? Bu olmazor. Bu bog‘da turli xil olmalar o‘sadi. Bu qanday anor? Bu shirin anor. Ana u nokmi? Yo‘q, bu behi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid so‘zlar, berilgan savollarni tushunadi, matnlar tarkibidagi yangi so‘zlar ma’nosini lug‘at asosida tushuna oladi, audiovizual vositalar yordamida eshittirilgan so‘zlar va gaplarma’nosini, o‘qilgan topishmoq, tez aytish, ertaklar, namoyish qilingan multfilm mazmunini tushuna oladi, savollarga javob bera oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, kichik matnlarnio‘qib, mazmunini tushuna oladi, o‘rganilgan so‘z, so‘z birikmalarini ko‘chirib yoza oladi, harfiy birikmalarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajratib yoza oladi, tutuq belgisini to‘g‘ri yoza oladi, 10-12 ta so‘zdan iborat lug‘at diktanti, o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha 16-24 ta so‘zdan iborat diktantni yoza oladi.
Dostları ilə paylaş: |