Matematik savodxonlik, texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish kompetensiyasi:
A2
turli vaziyatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish.
A2+
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiyrejalarini tuza olish;
1-3-mavzu. Obod o‘lkam (3 soat (A2+: 5 soat))
Leksika: Vatanimiz, o‘lka, diyor, shahar va qishloqlarimizda, turli millatlar, ahil va inoq, tinch va farovon, bunyodkorlik ishlari, turar joy binolari, litsey va kollejlar, keng ko‘chalar, ko‘priklar, sport majmualari, yashaydilar, yanada, qurilmoqda, obod bo‘lmoqda kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Aniq va mavhum otlar (1 soat). O‘rin-joy otlari. Ularning yasalishi va imlosi (2 soat).
Adabiy o‘qish: Vatan haqidagi matnlar, rivoyatlar, hikoyalardan parchalar, maqollar va she’rlar.
4-5-mavzu. Kasblar (2 soat (A2+:4 soat)
Leksika: kasblar, o‘qituvchi, tikuvchi, sotuvchi, shifokor, oshpaz, quruvchi, zardo‘zlik, me’morchilik, mohir,gilamdo‘zlik, hunar, bo‘lib ishlaydi, kasbini tanlagan, o‘rgatmoq, tushuntirmoq, tasviriy san’at kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Kasb-hunar otlari (1soat). Ularning yasalishi va imlosi(1 soat).
Adabiy o‘qish:Kasb-hunar haqidagi matnlar, she’rlar, maqollar.
6-8-mavzu. Kutubxonada (3 soat (A2+: 4 soat))
Leksika: maktabimiz kutubxonasi, kutubxonachi, darsdan keyin, sinfdoshlarimiz bilan, qiziqtirgan kitoblar, sarguzasht asarlar, she’riy kitoblar, har qaysimiz, ko‘proq, hammamiz, xursand bo‘ldik, olib o‘qidik, yaxshi ko‘radi, topib berdi kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Shaxs otlari (1soat). Narsa-buyum otlari (1soat).Ularning yasalishi va imlosi (1 soat).
Adabiy o‘qish:mavzuga oid adabiy matnlardan parchalar, rivoyatlar, maqollar, she’rlar.
Nazorat ishi:Diktant (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
Dostları ilə paylaş: |