Adabiy o‘qish:mavzuga oid adabiy matnlar, kichik hikoyalar, she’rlar.
Nazorat ishi: Matn yaratish (1 soat). Xatolar ustida ishlash (1 soat). 18-19-mavzu. Chimyon tog‘larida (2 soat (A2+:3 soat)) Leksika: tog‘ tizmalari, qorli cho‘qqilar, eng baland cho‘qqi, tog‘ havosi, ko‘m-ko‘k archalar, dam olish maskani, dam oluvchilar, nafas olmoq, minglab, yuzlab, dam olish kuni, sayohat, tomosha qilmoq kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Chama va taqsim sonlar (1soat). Ularning yasalishi, talaffuzi va imlosi (1 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid adabiy matnlar, suhbatlar, she’rlar.
20-22-mavzu. Muzeyda (3 soat (A2+: 5 soat)) Leksika:ta’til kunlari, tarix muzeyi, tabiat muzeyi, adabiyot muzeyi,qadimgi eksponatlar, eski qo‘lyozmalar, kabi tayanch so‘z va birikmalar;
Grammatika: Jamlovchi sonlarning yasalishi (1soat). Ularning yasalishi, talaffuzi va imlosi (1 soat). Sonlarning turlanishi va ot o‘rnida qo‘llanishi (1 soat).
Adabiy o‘qish:Muzeylar haqidagi matnlardan parchalar, she’rlar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalar:
A2 o‘rganilgan mavzuga oid matnlar, ular yuzasidan topshiriqlar, muloqotda suhbatdoshining nutqini tinglab tushuna oladi;
mavzuga oid matnning mazmunini so‘zlab bera oladi, savollarga javob bera oladi;
mavzuga oid dialoglarda so‘zlovchining fikriga munosabat bildira oladi;
mavzular bo‘yichamatnlarni to‘g‘rio‘qiy oladi;
berilgan topshiriqlar asosida savollarga javoblar yoza oladi;
grammatik bilimlardan aniq va mavhum otlar, o‘rin-joy otlari, kasb-hunar otlari, narsa-buyum otlari, belgilash, jamlash, bo‘lishsizlik, gumon olmoshlari, sanoq, tartib, chama, taqsim, butun va kasr sonlarni nutqda qo‘llay oladi;
nuqtalar yoki savollar o‘rniga mos so‘zlar va grammatik shakllarni qo‘yib yozish orqali matnni to‘ldira oladi;
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha41-50 so‘zdan iborat diktant yoza oladi.
berilgan rasmyoki mavzular bo‘yicha 10-14 ta gapdan iborat matntuzib yoza oladi.
A2+ o‘rganilgan mavzuga oid matnlar, ular yuzasidan topshiriqlar, audiovizual vositalar orqali berilgan xabarlar, muloqotda suhbatdoshining nutqini tinglab tushuna oladi;
berilgan topshiriqlar asosida javoblarga savollar tuza oladi;
berilgan mavzu yoki rasm bo‘yicha 10-14 ta gapdan iborat matntuzib yoza oladi.