Grammatika:Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari (1 soat). Sodda va yasama fe’llar (2 soat).
Adabiy o‘qish:Alisher Navoiy haqidagi adabiy matnlar, rivoyatlar, Alisher Navoiyning ruboiylari va hikmatlaridan namunalar.
28-29-mavzu. Adabiyot muzeyida (2 soat (A2+: 4 soat)) Leksika: ko‘rgazma, o‘quvchilar, talabalar, mehmonlar, tashrif buyurmoq, eksponat, qo‘lyozmalar, illustrasiyalar, tasvirlanmoq kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika:Fe’l yasovchi qo‘shimchalar (1soat), ularning imlosi (1 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid suhbatlar, adabiy matnlar, she’rlar.
Nazorat ishi: Matn yaratish (1 soat). Xatolar ustida ishlash (1 soat).
30-32-mavzu. Ona – ulug‘zot (3 soat (A2+: 4 soat)) Leksika: ulug‘ zot, xonadon chirog‘i, dunyoga keltirib,katta qilib, o‘stirib voyaga yetkazgan kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Yordamchi fe’llar (1 soat), ularning fe’l yasashdagi ishtiroki (2 soat).
Adabiy o‘qish:Onalar haqidagi matnlar, rivoyatlar, maqollar vashe’rlar.
33-35-mavzu. Milliy urf-odatlarimiz (3 soat (A2+: 4 soat)) Leksika:milliy, qadriyatlar, odob-axloq, mehmondo‘stligi bilan, mehnatkashligi tufayli, urf-odatlariga ko‘ra kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: To‘liqsiz fe’llar (1 soat), ularning shakllari (2 soat).
Adabiy o‘qish: Milliy an’analar, urf-odatlar haqidagi matnlar,rivoyatlar, maqollar va she’rlar.
36-38-mavzu.Amir Temur (3 soat (A2+4 soat)) Leksika: Buyuk sohibqiron, dovyurak, mustahkam irodali, otda yurish, yaxshi ko‘rgan, o‘sdi, ulg‘aydi, toblandi, yurtga bosh bo‘ldi, barpo etdi, ulkan binolar qurdirdi, himoya qildi kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Fe’l mayllari. Buyruq-istak maylidagi fe’llar (1soat), ularning tuslanishi va qo‘llanishi (2 soat).