Adabiy o‘qish:mavzuga oid matnlar, suhbatlar, she’rlar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalar: A2
mavzu bo‘yicha suhbatlar, qoidalar va ular bilan bog‘liqtopshiriqlarni tinglab tushuna oladi;
grammatik bilimlarni mustahkamlashga doir savollarga javob bera oladi;
mavzuga oid dialoglarda so‘zlovchining fikriga munosabat bildira oladi;
matnlar mazmuni bo‘yicha savollar tuza oladi va o‘zaro suhbatlasha oladi;
ko‘rsatilgan o‘quv filmi mazmunini so‘zlab bera oladi;
matndan grammatik mavzuga doir birikmalar va jumlalarni ajratib yoza oladi;
mavzu bo‘yicha berilgan matnlarni to‘g‘ri o‘qiy oladi, she’rlarni o‘qib, yoddan ayta oladi;
grammatik bilimlardan qo‘shma, juft, takror so‘zlar va sifatlar, to‘liqsiz fe’llar, buyruq istak maylidagi va shart maylidagi fe’llar; kerak, zarur, shart so‘zlari; ko‘makchilar va yuklamalarning qo‘llanishiga oid og‘zaki va yozma topshiriqlarni bajara oladi.
e’lon, tabrik, taklifnoma matnlarini yoza oladi.
berilgan savollar, tayanch so‘zlar yoki rasm asosida 15-20 ta gapdan iborat bog‘lanishli matn tuza oladi.
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha 51-60 ta gapdan iborat diktant yoza oladi;
A2+
mavzu bo‘yicha monologik matnlar yoki dialogik muloqotlar mazmunini tinglab tushuna oladi;
audiovideo vositalar yordamida eshittirilgan matnni yoki namoyish etilgan filmning mazmuninitinglab tushuna oladi;
tavsiya etilgan hikoya, rivoyatlarning mazmunini so‘zlab bera oladi;
mavzu bo‘yicha berilganmatnlarni to‘g‘ri, ravon o‘qiy oladi, she’rlarni ifodali o‘qib, yoddan ayta oladi;
Nazorat ishi: Test (1 soat).
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun 2 soat (A2+: 4soat)
Mavzularni o‘rganish uchun -49 soat (A2+: 74 soat)
Nazorat ishlari uchun - 8 soat
Xatolar ustida ishlash uchun - 4 soat
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun 7 soat (A2+: 16 soat)
Jami: 68 soat (A2+: 102 soat)
Dostları ilə paylaş: |