O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: A2 axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefor, kompyuter) ma’lumot almashish, foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
A2+ kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (tabrik xati yoza olish, anketalarni to‘ldirish).
O‘zini-o‘zirivojlantirish kompetensiyasi: A2 bilimini mustaqil oshirib borish, o‘zining qobiliyatini namoyon qila olish;
sport bilan muntazam shug‘ullanish.
A2+ o‘z xatti-harakatini nazorat qilish, do‘stona tanqiddan xulosa chiqarish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2 badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
A2+ Vatani, oilasi, mahallasining tarixini bilish va bugungi kun bilan taqqoslay olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish.
A2+ inson hayotiga xavf soladigan favqulodda vaziyatlarda ehtiyotkorlikka amal qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A2 aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiyrejalarini tuza olish;
fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
A2+ kundalik faoliyatda turli formula va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish.
1-3-mavzu.Mustaqil O‘zbekiston (3 soat (A2+4soat)) Leksika:O‘zbekiston Respublikasi, jahon xaritasi, O‘zbekiston mamlakati, jahon hamjamiyati, teng huquqli, suveren respublika, Mustaqillik bayrami, Mustaqillik timsollari kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.