O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalar:
A2
o‘rtacha tezlikda o‘qilgan yoki eshittirilgan sport, madaniyat va yoshlar hayotiga oid xabarlar, yangiliklarni tinglab tushuna oladi;
mavzular bo‘yicha savollarga javob bera oladi, savollar bilan murojaat eta oladi;
mavzuga oid she’r va she’riy parchalarni ifodali o‘qib, yoddan ayta oladi;
grammatik bilimlardan fe’lning aniq, o‘zlik, birgalik va majhul nisbati, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi va bog‘lovchilarning qo‘llanishiga oid topshiriqlarni bajara oladi;
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha61-70 ta so‘zdan iborat diktant yoza oladi;
berilgan tayanch so‘zlar yoki rasm asosida 21-25 ta gapdan iborat bog‘lanishli matn yoza oladi.
A2+
namoyish qilingan yoki eshittirilgan xabar, ko‘rsatuv, filmlarning mazmunini tushuna oladi;
suhbatga kirisha oladi va suhbatdoshining fikriga munosabat bildira oladi;
berilgan mavzu yokirasm asosida 21-25 ta gapdan iborat bog‘lanishlimatn yoza oladi.
Nazorat ishi: Test (1 soat). Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun 1 soat (A2+: 4soat)
25-27-mavzu. Do‘stlik – qudratli kuch (3 soat (A2+: 5 soat)) Leksika: Do‘stlik, o‘rtoqlik, birodarlik, do‘st tutinish, eng yaxshi fazilat, do‘st va o‘rtoqlar orttirish, do‘stlikni qadrlash, do‘stlik qudrati kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika:Sifatdoshlarning turlanishi (1 soat), ularning ot o‘rnida qo‘llanishi (1soat).
Adabiy o‘qish: Do‘stlik haqidagi adabiy matnlar,rivoyat va maqollar, she’rlar.
28-30-mavzu. Sog‘lik- tuman boylik (3 soat (A2+: 5 soat)) Leksika:salomatlik, sog‘lom bo‘lish, uzoq umr ko‘rish, badantarbiya mashqlari, piyoda yurish, to‘g‘ri ovqatlanish kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Bog‘lovchilar (1soat). Teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar(1soat), ularning qo‘llanishi (1 soat).