mavzuga oid dialogik suhbatlarga qo‘shila oladi va suhbatdoshining fikriga munosabat bildira oladi;
kuzatilgan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildira oladi;
o‘zlashtirilgan so‘zlar, so‘z birikmalari yordamida va yangi grammatik shakllarni qo‘llagan holda berilgan matnnidavom ettira oladi;
Nazorat ishi: Test (1 soat). Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun 2 soat (A2+: 4 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun -50 soat (A2+: 74 soat)
Nazorat ishlari uchun - 8 soat
Xatolar ustida ishlash uchun - 4 soat
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun 6 soat (A2+: 16 soat)
Jami: 68 soat (A2+: 102 soat)
9-SINF
(haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: A2 mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish;
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (tabrik xati yoza olish, anketalarni to‘ldirish, o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta olishi va boshq.)
A2+ kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (tavsifnoma, ariza, shaxsiy ma’lumotnoma yoza olish).
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A2 shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy kamolotga intilish;
o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
A2+ o‘qib-o‘rganish, bilimini mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
o‘z xatti-harakatini adekvat baholash;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish;
kasblarning mohiyatini tushunish;
mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
A2+ o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish
kasbni ongli ravishda tanlash;
yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish.