Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish;
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.
A2+
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va.h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
o‘zgalarning dunyoqarashi, milliy va etnik hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
kundalik faoliyatda turli formula,chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish;
inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
A2+
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza olish;
inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.
1-3-mavzu. O‘zbekiston – umumiy uyimiz (3 soat (A2+: 4 soat))
Leksika: Qadimdan, birgalikda,millat vakillari, yengilmas, xalqlar do‘stligi, ona yurt, muqaddas kabi tayanch so‘zlar va so‘z birikmalari.
Grammatika: So‘z birikmasi, uning turlari (1soat), otli birikmalar va fe’lli birikmalar (2soat).
Adabiy o‘qish:mvzuga oid matnlar, rivoyatlar, maqollar va she’rlar.
4-6-mavzu.Mening tengdoshlarim (3 soat (A2+4soat))
Leksika:Tengdoshim, mehribon bo‘lmoq, yordam bermoq, yutuqlar, faxrlanmoq, o‘rganmoq,qadrlamoqkabi tayanch so‘zlar va so‘z birikmalari.
Grammatika:Moslashuv,boshqaruv, bitishuv (3soat).
Adabiy o‘qish:mavzuga oid matnlar, suhbatlar, she’rlar.
7-9-mavzu. Ilm – taraqqiyot negizi (3 soat (A2+: 4 soat))
Leksika: Bilim olmoq, ko‘p o‘qimoq, ilmli, ilmsiz, qomusiy, olimlar, taraqqiyot, rivojlanish, alloma, kashfiyot, bebaho, poydevor va h.k. kabi so‘zlar va so‘z birikmalari.
Dostları ilə paylaş: |