O‘zbek tili fani o‘quv dasturi (2-9-sinf) toshkent-2017 uqtirish xati



Yüklə 235,47 Kb.
səhifə66/75
tarix04.08.2023
ölçüsü235,47 Kb.
#138562
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75
Ozbek tili o`quv dastur

Adabiy o‘qish:mavzuga oid matnlar, maqollar va she’rlar.


43-45-mavzu. O‘zbekistonning tabiiy boyliklari (3 soat (A2+:5 soat))
Leksika: tabiiy boyliklar, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, yonuvchi gaz va boshqa foydali qazilmalar zahirasi, tuz, aluminiy, pardozlash toshlari va qimmatbaho toshlar, ayrim nodir elementlar, paxta, pilla, qorako‘l teri kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Fikrning kimga qarashliligini bildiruvchi modal so‘zlar (1soat), ularning qo‘llanishi (1 soat) va imlosi (1soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid publitsistik matnlarni o‘qish, mazmunini tushuntirish.


Nazorat ishi: Matn yaratish (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).

46-48-mavzu.Mardlik - mangulik (3 soat (A2+: 5 soat)
Leksika: mardlik, muhabbat, sadoqat, vafo, vafodorlik, vatanparvarlik, milliy iftixor, Vatanni himoya qilish, fidokorlik kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Fikrni xulosalashda ishlatiladigan so‘z va birikmalar (1soat) ularning qo‘llanishi va imlosi (2soat).
Adabiy o‘qish: Mardlik haqidagi matnlar, rivoyatlar, maqollar va she’rlar.


49-50-mavzu. Kelgusi rejalarim (2 soat (A2+: 3 soat)
Leksika:o‘qishlar tugadi, yozgi ta’til,yozgi ishlar, reja tuzmoq, uyni ta’mirlash, yordamlashmoq, qishloqqa bormoq, bobomnikida turmoq kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Undov so‘zlar (1 soat), ularning qo‘llanishi (1soat). ulardan fe’l yasalishi (1 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid matnlar, suhbatlar, she’rlar.



O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:

Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalar:

A2


o‘rganilgan mavzularga oid matnlar mazmunini, mashqlar bo‘yicha berilgan savol va topshiriqlarni tushuna oladi;
tavsiya etilgan nutqiy mavzularda o‘zaro suhbatlasha oladi;
mavzular bo‘yicha savollarga javob bera oladi va savollar bilan murojaat eta oladi;
matn mazmuni asosida savollar tuza oladi, berilgan savollarga grammatik shakllarni qo‘llab javoblar yoza oladi;
grammatik bilimlardan fe’l nisbatlari, harakat nomi, ravishdosh, sifatdosh, bog‘lovchilar, modal so‘zlar va undov so‘zlarning qo‘llanishiga oid topshiriqlarni bajara oladi.
mavzuga oid she’r va she’riy parchalarni ifodali o‘qib,yoddan ayta oladi;
berilgan tayanch so‘zlar yoki rasm asosida 21-25 ta gapdan iborat bog‘lanishlimatn yoza oladi;

Yüklə 235,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin