9-11-mavzu. Bilim – xazina (3 soat(A2+5 soat))
Leksika: bilim, ustozlar, hech kim, allaqancha, hech qachon, kimdir, allakim, nimadir, qaysidir, qanchadir, hech qancha kabi tayanch birikmalar.
Grammatika: Belgilash olmoshlari (1soat). Jamlash olmoshlari (1soat). Ularning egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi (1soat).
Adabiy o‘qish: Ilm, ustozlar haqidagi adabiy matnlardan parchalar, rivoyat va maqollar, she’rlar.
12-13-mavzu. Tabiat va iqlim (2 soat (A2+: 3 soat))
Leksika: O‘zbekiston tabiati, baland-baland tog‘lar, keng sahrolar, iqlimi mo‘tadil, jazirama issiq, juda quruq, mintaqada, yog‘ingarchilik, quyoshli kunlar, bulutli kunlar, ko‘proq kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika:Bo‘lishsizlik olmoshlari (1soat). Ularning egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi (1 soat).
Adabiyo‘qish:O‘zbekiston tabiati, tog‘lar va sahrolar iqlimi haqida adabiy matnlardan parchalar, maqollar, she’rlar.
Nazorat ishi: Test (1 soat).
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun (2 soat (A2+: 4 soat))
14-15-mavzu. Tabiatni asrang (2 soat (A2+:3 soat))
Leksika: tabiat, asramoq, zararli, narsalar, tozalik, loqaydlik, isrofgarchilik, tejash, moddiy ne’matlar, suv ifloslanishi kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Gumon olmoshlari (1soat). Ularning egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi (1 soat).
Adabiy o‘qish: Tabiat va uning boyliklarini asrash haqida matnlardan parchalar, rivoyatlar, maqollar, she’rlar.
16-17-mavzu. Qish manzarasi (2 soat(A2+:4 soat))
Leksika: Chimyon, Chortoq, Boysun, Zarafshon, Chotqoltog‘ tizmalari, dam olish maskanlari, qulay sharoitlar, so‘lim joylar, minglab shaharliklar, hordiq chiqarardilar kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Sonlar, ularning turlari (1 soat). Sanoq sonlar va tartib sonlar. Ularning yasalishi, talaffuzi va imlosi (1 soat).
Dostları ilə paylaş: |