44-46-mavzu.Ona shahrim (3 soat (A2+: 4 soat)) Leksika: zamonaviy binolar, keng ko‘chalar, chiroyli bekatlar, ko‘priklar, bozorlar, qadimiy obidalar, turar-joy komplekslari, qurilmoqda, barpo etilmoq kabi tayanch so‘z va birikmalar.
Grammatika:Hozirgi zamon fe’llari (1soat). Hozirgi zamon fe’llarining tuslanishi (1 soat). Ularning bo‘lishsiz shakllari (1 soat).
Adabiy o‘qish:Shahrimiz bilan bog‘liq ma’lumotlar, adabiy matnlardan parchalar, maqollar va she’rlar.
47-49-mavzu. Dam olish rejasi(3 soat (A2+: 4 soat)) Leksika:yozgi ta’til, ta’til rejasi, dam olish oromgohlari, sayohat, tog‘lar bag‘ri, bolalar oromgohida, dala hovlida, dam olmoqchiman, chiqmoqchiman, bormoqchiman, rejalashtiryapman kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Kelasi zamon fe’llari (1soat). Kelasi zamon fe’llarining tuslanishi (1 soat). Ularning bo‘lishsiz shakllari (1 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid adabiy matnlardan parchalar, suhbatlar, she’rlar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalar:
A2
mavzuga oid matnlar, topshiriqlar, audiovizual vositalar orqali berilgan xabarlar mazmunini, suhbatdoshining nutqini tinglab tushuna oladi;
mavzuga oid matnning mazmunini so‘zlab, savollarga javob bera oladi;
suhbatda muomala odobiga oid so‘z va jumlalarni qo‘llay oladi;
mavzular bo‘yichamatnlarni to‘g‘rio‘qiy oladi;
berilgan topshiriqlar asosida savollarga javoblar yoza oladi;
grammatik bilimlardan aniq va mavhum, o‘rin-joy, kasb-hunar, narsa-buyum otlari, belgilash, jamlash, bo‘lishsizlik olmoshlari, chama, taqsim, butun va kasr, jamlovchi son, maqsad, sabab, o‘rin, payt, holat, miqdor daraja ravishlari, yaqin va uzoq o‘tgan zamon fe’llarining qo‘llanishiga oid topshiriqlarni bajara oladi;
nuqtalar yoki savollar o‘rniga mos so‘zlar va grammatik shakllarni qo‘yib yozish orqali matnni to‘ldira oladi yoki davom ettira oladi.
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha 41-50 so‘zdan iborat diktant yoza oladi. berilgan rasm yoki mavzular bo‘yicha 10-14 ta gapdan iborat matn tuzib yoza oladi.
A2+
mavzuga oid dialoglarda so‘zlovchining fikriga munosabat bildira oladi;
berilgan rasm, o‘quv filmi yoki kuzatilgan voqea-hodisani og‘zaki tasvirlay oladi;
o‘zlashtirilgan so‘zlar, grammatik shakllar ishtirokida bog‘lanishli matn tuza oladi;