O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə33/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

1.So’z yasovchi qo’shimchalar o’zakka qo’shilib, yangi ma’noli so’zlar hosil qiladigan qo’shimchalardir: o’t – o’tloq, arra – arrala, kuch – kuchli, hosil – serhosil. So’z yasovchi qo’shimchalar:unumli (-li, -la, -chi, ser-, - dosh, -kor) va unumsiz (-vul, -ag’on, -chil, -in, -a) bo’lishi mumkin.
2.So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar gapda so’zlarni bir – biriga bog’laydigan qo’shimchalardir. Bular 3 turli bo’ladi: 1) kelishik qo’shimchalari: kitobni, uyga, daftarning. 2) egalik qo’shimchalari: maktabimiz, ukam, bog’i. 3) shaxs – son qo’shimchalari: yedik, bordim, kelding, yurasan.
So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar so’zning o’zgarib turadigan qismidir.
3.Shakl yasovchi qo’shimchalar o’zakka qo’shilib, ma’noni biroz o’zgartiradigan, qo’shimcha ma’no orttiradigan, lekin yangi so’z yasamaydigan qo’shimchalardir. Bular so’zlarni bir–biriga bog’lash vazifasini bajarmaydi, balki kichraytirish, erkalash, chegaralash, kamlik, oshirish, kuchaytirish, gumon, taxmin kabi ma’nolarni ifodalaydi: uycha, kitoblar, kattaroq, ozgina, yurib, onajon, bura, oqarinqiradi, chayqa, tepkila.
Qo’shimchalar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
1.Soddaqo’shimchalar boshqa qo’shimchalarga ajralmaydi: aqlli.
2.Murakkab qo’shimchalar kamida ikkita qo’shimchaning qo’shilishidan hosil bo’ladi: dehqonchilik odamgarchilik, yordamlash.
O’zakka so’z yasovchi qo’shimcha qo’shilishidan hosil bo’lgan qism negiz deyiladi: paxtakorlarga, gulzorda, bilimlilar.
Shuniaytish kerakki, so’zning morfemik tarkibideganda uning o’zak va qo’shimchalardan iboratligi nazarda tutilsa, morfologiktarkibi deganda so’zning negizi va shakl yasovchi, so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar nazarda tutiladi.
Turli usullar yordamida so’z hosil qilinishi so’z yasalish deb ataladi. So’zlar asosan 5 xil usul bilan yasaladi: 1. So’z yasovchi qo’shimchalar bilan yasaladi. 2. So’zlarni qo’shish bilan yasaladi. 3. So’zlarni qisqartirib yasaladi.
4. Bir turkumdan boshqa turkumga so’z o’tishi yordamida yasaladi. 5. So’zlarni takrorlash yordamida.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin