2-topshiriq: Matnni o’qing mutaxassisligingizga oid so’zlarni ajratib yozing va o’qilishiga etibor bering.
Muhandislik
Muhandislik inshoot, mashina, qurilma, tizim va materiallar qurish uchun ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish hunaridir. Muhandislik bilan shug’ullanuvchi shaxs muhandis, deb ataladi.
Qurilishxalq xo’jaligining barcha tarmoqlariga xizmat ko’rsatib, asosiy fondlarni qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlaydi, xalq xo’jaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini o’zlashtirish, bo’sh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarish ga jalb etishga yordam beradi. Respublikada qurilish ishlari pudrat, sub-pudrat va qisman xo’jalik usullarida olib boriladi.
Qurilish industriyasi negizini davlat, aksiyadorlik, shirkat, xususiy, qo’shma va boshqa pudrat qurilishmontaj tashkilotlari, shuningdek, o’z moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega bo’lgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xo’jaliklar tashkil etadi. O’zbekistonda qurilish-montaj kompaniyalari, korporatsiyalari, qurilish aksiyadorlik jamiyatlari va birlashmalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, qo’shma korxonalar, loyiha va ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat ko’rsatadi. Qurilish-montaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi.
18- mavzu: Morfemika. So`z yasalishi va tuzilishi
Reja:
1.So’z va uning qismlari.
2.O’zak va qo’shimcha.
3.Qo’shimchalarning ma’nolariga ko’ra turlari.
4.O`zbek tilida so'z yasalishi.
5.So`zlarning tuzilishi jihatdan turlari.
So’zning tub (lug’aviy) ma’nosini bildirib, ma’noli bo’laklarga bo’linmaydigan qism o’zak deyiladi: gulzor, bog’bon, chizg’ich, paxtakor.
Bir o’zakdan hosil bo’lgan so’zlar bir xil o’zakli (o’zakdosh) so’zlar deyiladi: bilim, bilimdon, bilag’on, biluvchi. Bunday so’zlar o’zaro sinonim ham bo’lishi mumkin: serhosil – hosildor, beg’ubor – g’uborsiz, tilchi – tilshunos.
O’zakka qo’shilib, turli ma’nolarni ifodalaydigan qism qo’shimcha deyiladi: ishchi, bahola, olmazor, ishla, yozgi.
O’zak va qo’shimchalar so’zning ma’noli qismlari(morfemalar)dir.
O’zak so’zdagi ma’noli qismlarning yetakchisi bo’lib, u boshqa ma’noli qismlarga bo’linmaydi. O’zak so’z tarkibida doim qatnashadi, qo’shimchalar esa qatnashmasligi ham mumkin. Qo’shimchalar ayrim qo’llanmaydi, doim o’zakka qo’shilib keladi.
Qo’shimchalar vazifasi va so’zga qo’shilib anglatadigan ma’nosiga ko’ra uch turli bo’ladi (Ayrim darsliklarda qo’shimchalar ikki turga bo’linadi: so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar):
Dostları ilə paylaş: |