5 - “a’lo” O’tilgan mavzularni nazariy gapirib, mazmunini to’liq yoritib berish hamda vazifani mukammal bajarish, ijodiy fikrlay olish, mustaqil mushohada yuritish. Darsda innovatsion texnologiya va metodlar asosida dars mavzulariga puxta va batafsil javob berish. Aruz vaznining o‘ziga xos xususiyatlari, aruz vaznining nazariy asoslari, qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolarning bir-biridan farqi, rukn va bahr tushunchalari, musta’mal bahrlar; mumtoz she’r shakllari, badiiy san’atlar, qofiya ilmi haqidagi bilimlari asosida chuqur tahlil qila bilishi.
4 - “yaxshi” O’tilgan mavzularni nazariy gapirib, mazmunini o’rtacha yoritib berish hamda vazifani yaxshi bajarish, mustaqil mushohada yuritishga harakat qilish. Darsda innovatsion texnologiya va metodlar asosida dars mavzulariga javob berishga harakat qilish. Aruz vaznining o‘ziga xos xususiyatlari, aruz vaznining nazariy asoslari, qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolarning bir-biridan farqi, rukn va bahr tushunchalari, musta’mal bahrlar; mumtoz she’r shakllari, badiiy san’atlar, qofiya ilmi haqidagi bilimlarni amaliyotga tatbiq eta olish.
3 - “qoniqarli” Dars mavzularini o’rtacha tushunishga va javob berishga harakat qilish. Aruz vaznining o‘ziga xos xususiyatlari, aruz vaznining nazariy asoslari, qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolarning bir-biridan farqi, rukn va bahr tushunchalari, musta’mal bahrlar; mumtoz she’r shakllari, badiiy san’atlar, qofiya ilmi haqida tasavvurga ega bo’lish