So‘z ma’nosining ko‘chish usullari……………………………………….
Metafora asosida nom ko’chishi 22
Metonimiya usulida nom ko’chishi 38
Sinekdoha usulida nom ko’chishi 44
Vazifadoshlik asosida nom ko‘chishi 45
Xulosa 49
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 52
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Til bevosita ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan ma’naviy meros, bebaho boylik hisoblanadi.Shuning uchun prezidentimiz I.A.Karimov “Uni boyitish ,asrab-avaylash, nufuzini yanada oshirish uchun doimo izlanishlar, tadqiqotlar olib borish zarur” ligini ta’kidlab o’tgan.1 Ma’lumki, leksema – tilning asosiy birligi sifatida bizni qurshab turgan olam unsurlarini nomlash uchun xizmat qiladi. Leksema nomlash vazifasi bilan chegaralanib qolmasdan, olam haqidagi bilimlarimizni kelajak avlodlarga yetkazish, anglash, tinglovchiga ta’sir etish kabi vazifalarni ham bajaradi. Bu esa so‘zning naqadar serqirra hodisa ekanligidan dalolat beradi.
So‘zlar dastlab paydo bo‘lganda biror bir predmet, harakat, holat yoki miqdor haqidagi tushunchalarni ifodalash uchun paydo bo‘ladi. Keyinchalik til taraqqiyoti natijasida so‘zning ma’nolari taraqqiy etib boradi va natijada so‘zlar asl-real ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’nolarni ham anglatadi. Ko‘chma ma’nolar tildagi so‘zlarning to‘g‘ri ma’nosi negizida vujudga keladi.
O‘zbek va jahon tilshunosligida so‘z va uning ma’nolari xususida ko‘plab ilmiy-nazariy qarashlar mavjud bo‘lib, unda so‘z ma’nolaring o‘ziga xosligi, mohiyati, turlari, xususan, so‘z ma’nolarining ko‘chishiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar maydonga kelgan. Ularni o‘rganish va tadqiq etish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.