O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o’ta-18\2 guruhi talabasi zakirova mardonaning


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 128,01 Kb.
səhifə4/12
tarix22.12.2023
ölçüsü128,01 Kb.
#189425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar-fayllar.org

Kurs ishining maqsad va vazifalari: kurs ishining asosiy maqsadi, o‘zbek va jahon tilshunosligida so‘z ma’nolarining ko‘chishiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqotlarni o‘rganish, va tahlil etishdan

1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008, 86-б.
iborat. Ana shu maqsaddan kelib chiqib, tadqiqot oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi.
-o‘zbek va dunyo tilshunosligida so‘z ma’nolari, xususan, ko‘chma ma’nolarga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni to‘plash va o‘rganish;
-so‘z ma’nosining ko‘chish usullari haqidagi ilmiy-nazariy qarashlarni tahlil etish;
-ko‘chma ma’nolar va ularning turlari, tasnifi muammolarini o‘rganish;
- BMIning mazmunini to‘la yoritish va tegishli xulosalar chiqarish.


Kurs ishining metodologik asosi. Ishning metodologik asosini dialektikaning umumiylik-xususiylik, butun-bo‘lak, mohiyat-hodisa kabi hodisalarini aks ettiruvchi ta’limot shuningdek, tilshunos olimlarning nazariy qarashlari, g‘oyalari tashkil etadi. Ishda tavsiflash, qiyoslash, tahlillash kabi usullardan keng foydalanildi.

Kurs ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi ishning umumiy tavsifi, kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
    1. So‘z va uning ma’noviy tuzilishi 1 §. So‘z va uning mohiyati

So‘z o‘z tovush qobig‘iga ega bo‘lgan, ob’ektiv narsa-hodisalar ҳaqidagi tushunchani, ular o‘rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik ma’no va funksiyalarda qo‘llanadigan eng kichik asosiy til (nutq) birligi.1

So‘z tovush tomoni bilan fonetikaning; leksik birlik (leksema) sifatida leksikologiyaning; turli grammatik ma’nolarni ifodalashi va shu ma’nolarni ifodalovchi formalarga egaligi bilan morfologiyaning; so‘z birikmasi va gap qurilishida material asos bo‘lib xizmat qilishi bilan sintaksisning o‘rganish ob’yekti hisoblanadi. Demak, so‘z grammatik qurilishining bazasi bo‘lib, u tilning leksikasida ham, grammatikasida ham eng asosiy birlik sanaladi.
So‘z ob’yektiv borliqdagi predmet yoki hodisalar haqidagi tushunchaning tovush vositasida ifodalanishidir. Bu tushuncha predmet yoki hodisaning ongda aks etishidir. So‘z vositasida borliqning turli tomonlari, kishilik jamiyatining, insonning turmush tajribalari aks ettiriladi. So‘z ma’no ifodalash bilan birga, turli emotsiyalarni, his-tuyg‘ularni ham ifodalaydi. So‘z yakka holda bildirgan ma’nosidan tashqari, qo‘llanishida, nutq ichida, ko‘chgan ma’noda ishlatilishi, emotsional bo’yoqqa ega bo‘lishi ham mumkin. Masalan, bolam so‘zi o‘rniga qo‘zichog‘im, toychog‘im yoki bo‘tam, bo‘talog‘im deyish; jo‘ja birday jon (bolasi ko‘p); bu bola sher (qo‘rqmas); zurriyod (farzand) kabi qo‘llanishlar; otajon, bolaginam, jonim otam so‘zlarining ma’nosi turli yo‘llar bilan ifodalangan. Bundan ko‘rinadiki, so‘z ma’nosi butun bir sistema bo‘lib, u qo‘shimcha ma’nolarini ham, emotsional-stilistik ottenkalarni ham o‘z ichiga


1 Ҳожиев А. Лингвистик терминларининг изоҳли луғати. -Т., 1985, 81–б.
oladi. Bu hodisa so‘zning ma’no strukturasi deyiladi. So‘zning semantik strukturasi shu so‘z ifodalaydigan ma’nolarning yig‘indisi, so‘zning butun ma’no sistemasidir.1

So‘zning tushuncha va emotsiyalarni tovush vositasi bilan ifodalashi unda fonetik tomonning mavjudligini ko‘rsatadi. Bu so‘zning material tomonidir. Tovushning yolg‘iz o‘zi so‘zni tashkil qilmaydi. So‘z esa ma’nosiz bo‘lmaydi. So‘zning ma’nosi esa tovush kompleksi orqali ifodalanadi. Demakki, so‘z ma’no va tovushning - ichki (semantik) va tashqi (formal) tomonlarning ajralmas birligidan iborat. Shu bilan birga, so‘z ma’lum grammatik xususiyatlarga ham ega. Tovushlar ma’lum grammatik xususiyat ifodalab, shu bilan birga, so‘zning grammatik shakllanishini ham ko‘rsatadi.


So‘zning semantik strukturasini o‘rganishda asosan uch usul mavjud:

  1. so‘zning semantik strukturasi uning morfemik yasalishi bilan bog‘liq holda tekshiriladi;


  2. so‘zning semantik strukturasi uning sintaktik ishlatilishi bilan bog‘liq holda tekshiriladi;


v) so‘zning semantik strukturasini alohida, tilning shu so‘zni o‘z ichiga olgan leksik-semantik guruh doirasida tekshiradi.


Tilga belgilar sistemasi sifatida qarash natijasida paydo bo‘lgan semiotik yo‘nalish birlamchi (so‘z va so‘z birikmalari) va ikkilamchi (fraza va gaplar) belgilarini farqlaydi. Ularning birlamchilari - nominativ, ya’ni biror narsani nomlash, atash va ikkilamchilari - predikativ, ya’ni fraza va gaplar tarkibidagi ishlatilish funksiyasi deb yuritiladi. Nominativ belgilar tildagi paradigmatik aloqalarga asoslansa, predikativ belgilar esa sintagmatika, ya’ni fraza va gaplarning nutqda ishlatilish tomoniga


1 Ўзбек тили грамматикаси. I том. Морфология. –Т., 1975, 16–бет.
asoslanadi.1

Ko‘rinadiki, tilning leksika va semantikasini o‘rganishda ikki yo‘nalish mavjud bo‘lib, ularning birinchisi faqat leksik-semantik xususiyatlar bilan ish ko‘rsa, ikkinchi yo‘nalish esa tilning belgilar yig‘indisi (semiotik sistema) ekanligiga asoslanadi. Lekin har ikki qarashning ham ob’yekti va vazifalari bir-biri bilan bog‘liqdir. So‘zning semantik strukturasi so‘zlashuv situatsiyasida yoki kontekstda kengroq ochiladi. So‘zning farqlanish alomatlari sema deb ataladi. Leksik qatlamda semantemaga leksema to‘g‘ri keladi. Semalar fonologiyadagi fonemalarning farqlanish belgilariga o‘xshaydi. Farqi shuki, semalar o‘rtasidagi munosabat m’ano bilan aloqadordir. Semantikada qaysi ma’nolar semalarga tegishli va qaysilari ularga tegishli emasligi aniq emas. Bunda bir- biriga yaqin ma’nolar, yani semalar sinonimik ma’nolar sifatida qaralishi ma’lum bir aniqlikka asoslanadi.


So‘z tilning eng asosiy va markaziy birligi bo‘lib, an’anaviy jihatdan aytilishi va ma’no birligi, tilshunoslar tomonidan haqiqiy va formal ma’nolar, formal va semantik ma’nolar, grammatik va leksik ma’nolarning qarama-qarshiligi sifatida qarab kelinadi. So‘zlarga belgilarning bir-biriga aloqasi jihatdan qaralsa, uning ikki tomoni -formasi (aytilishi) va mazmuni (ma’nosi) o‘rtasidagi aloqa kengroq ochiladi. So‘zning semantik jihatidan ikki tomonlama birlik ekanligi tashqi (predmet qatori) va ichki (tilning qurilishi) tomonini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham so‘z tilda ikki planda namoyon bo‘ladi:

  1. nominatsiya, ya’ni atash birligi sifatida ma’lum leksik ma’noga ega bo‘lgan lug‘atning elementi;


  2. til qurilishi strukturasining negizi sifatida ma’lum morfologik shakllanishga, ya’ni grammatik ma’noga ega bo‘lgan birlik hisoblanadi.





1 Баскаков Н.А., Содиқов А.С., Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик. -Т., 1979, 100–бет.
So‘zning talaffuz tomoni ham nazarda tutilsa, yuqoridagi ikki plani bilan bir qatorda fonologik strukturasi bilan ham alohida birlik hisoblanadi. Shu tufayli "fonologik so‘z", "morfologik so‘z", "semantik so‘z", tushuncha va terminlari farqlanib, ularning har biri alohida til sathida o‘rganiladi. So‘zlarning nutqda ishlatilishi ularning tanlanishi, yani boshqa so‘zlar bilan semantik aloqasi va ma’lum so‘zlarning boshqa so‘zlar bilan ma’no jihatdan birikish qobiliyatiga bog‘liq. So‘zlarning tanlanishi ularning ma’lum leksik-semantik paradigmalarga u yoki bu semantik belgilari (semalari) asosida birlashuvi deb qaraladi.

So‘zlarning tanlanish jihati va ular o‘rtasidagi semantik munosabatlar paradigmatik aloqalar deb yuritiladi.

So‘zlar real borliqni aks ettiruvchi sifatida bir-birlari bilan bog‘lanadilar va tematik guruhlarga birlashadi. Masalan, qush nomlari, meva daraxtlari guruhi v.b. So‘zlar o‘rtasidagi ichki ma’no farqlanishi bilan bog’liq bo‘lgan paradigmatik va sintagmatik munosabatlar omonimiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya va boshqa hodisalarni, so‘zlarning leksik- semantik variantlarini tasnif qilish borasida kengroq ochiladi. So‘zning mazmun komponentlari o‘rtasidagi bog‘lanish va so‘zlarning ma’nolari orasidagi munosabatlar ularning nutqda ishlatilishini o‘rganish orqali aniqlanadi.
Tilda so‘z va leksema atamalari ko‘p hollarda aralash holda qo‘llanadi. Lekin ular bir-biridan farq qiladi. Leksema – jamiyat a’zolari uchun tayyor,umumiy,majburiy bo’lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va lug’atda grammatik morfemalarni o’ziga biriktira oladigan morfema turidir1. Leksema semema va nomemalarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik sanalib, uning mazmuniy mundarijasi


1 Неъматов Ҳ.РасуловҲ.Ўзбек тили систем лексикологияси асослари.T.:Ўқитувчи,1995,37-bet.)
atash, ifoda va vazifaviy semalar munosabatidan iborat. Har qanday leksemada bu semalardan "atash" semasi, albatta, ishtirok etadi. Shuning uchun bu sema leksemaning markaziy semasi, qolgan semalar esa chegara semalar hisoblanadi. Masalan, so‘zlamoq, do‘ngillamoq leksemalari bir xil atash semasiga ega bo‘lib, ifoda semasi bilan bir-biridan farq qiladi.
So‘z atamasi leksemalardan boshqa birliklarni ham, ya’ni atash semasiga ega bo‘lmagan birliklarni ham o‘z ichiga oladi1. Masalan, ammo, uchun so‘z, lekin leksema emas, chunki ularning atash semasi mavjud emas, faqat grammatik ma’noga ega. Demak, so‘z grammatik ma’noga ega bo‘lgan leksemalarni va yordamchi, undov, modal nomlari bilan yuritiluvchi birliklarni ham o‘z ichiga oladi.
Leksema leksik sath birligi sanaladi. U grammatik ma’no va bu ma’noni ifodalovchi shaklga ega bo‘lib, so‘zga ya’ni, morfologik birlikka aylanadi. Masalan, daraxt shoxlanuvchi ko‘p yillik o‘simlik, atash semasiga ega bo‘lishi bilan leksema. Bu leksema, "ot", "bosh kelishik", "birlik", semalariga va bu semalarni ifodalovchi shakllarga ega bo‘lishi bilan so‘zga, morfologik birlikka aylanadi.2


Yüklə 128,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin