bo‘shatib va suv zarrasini charchmas mis bilan kesib". Birinchi holda "bo‘shatib"so‘j "kesib" ma’nosida, ikkinchi holda "kesib " so‘zi, "bo‘shatib" ma’nosini anglatadi.
4.O‘xshatilgan so‘z bu yerda men ikkinchi so‘z birinchisiga qanchalik aloqasi bo‘lsa, to‘rtinchi so‘z uchinchisiga shunchalik aloqador bo‘lgan holni nazarda tutaman. Shuning uchun (shoir) ikkinchi so‘z o‘rniga to‘rtinchisini yoki to‘rtinchi so‘z o‘rniga ikkinchisini aytish mumkin. Goho bunga almashtirilgan so‘zga aloqador bo‘lgan so‘z ham qo‘shiladi. Masalan, kosa Dionisga qanchalik aloqador bo‘lsa, qalqon Aresga shunchalik aloqador. Shuning uchun kosani "Dionis qalqoni" qalqonni esa "Ares kosasi" deyish
1 Солнцев К.М.Язқк как системно- структурное образование. М., -Наука,1941-191с.
ham mumkin"1
Arastu "metaforaga g‘alati nomning yo jinsdan turga, yo turdan jinsga, yo turdan turga, yo o‘xshashlik asosida ko‘chirishdir" deb ta’rif beradi.
Yana u "men ko‘p qo‘llanadigan hamma so‘zlardan boshqasini noyob so‘zlar, metafora, cho‘zilgan boshqa so‘zlarni "g‘alati" deb atayman deydi.
Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, metafora "g‘alati" nomlarning bir turi
"G‘alati" nom esa aslida mavjud emas, u oddiy nom natijasida hosil bo‘ladi.
Aristotelning ta’rifi butun yutuq va kamchiliklari bilan tilshunoslik tarixida muhim o‘rin tutadi.
Metafora asosida o‘xshashlikning mavjudligini shu soha bilan shug‘ullanganlarning barchasi e’tirof etadi. Lekin o‘xshatishning metaforadagi o‘rni masalasida turli fikrlar bildiriladi.
"Metafora qisqargan o‘xshatishdir". (A.Potebnya) ya’ni o‘xshatishga xos bo‘lgan "kabi", "xuddi", "aynan" "o‘xshamoq" kabi so‘zlar tushirilsa, metafora yuzaga keladi.
Masalan: U gul kabi go‘zal va nafis edi // U go‘zal va nafis gul edi.
Polyak olimi Ya.Kasyan ham yuqoridagi
i fikrni rivojlantirishga harakat qiladi. Agar kelib chiqishini tekshiradigan bo‘lsak, shaksiz, aniqlash mumkin bo‘ladiki, u yoki bu metafora u yoki bu o‘xshatishdan rivojlangan bo‘ladi.
Biroq shunday asosda xuddi qarama-qarshi xulosa ham chiqarish mumkin -ko‘plab o‘xshatishlar metaforadan kelib chiqkan.2 Shuning uchun ayrim olimlar metafora va o‘xshatish orasidagi farqqa alohida e’tibor berganlar.
Masalan, Veselovskiy, Ch.Kukin, M. Shteynlar fikricha,
1 Аристотель Поэтика. –Т. Адабиёт ва санъат 1980. 45-бет
2 Кассир Э. Сила метафоры.// Теория метафоры. 1990. с.33.
o‘xshatishda o‘xshatilayotgan narsalar ajratib tasavvur qilinsa, metaforada ular bir butundek tushuniladi.1
A.Vejbitskaya fikricha, metafora mohiyatan inkorni nazarda tutadi: ko‘zlar-olov, insonlar-vaxshiy sherlar deyilganda, hech kim haqiqatan ham ko‘zni olov, odamni sher deb o‘ylamaydi, bunday fikrni rad etadi, inkor qiladi. O‘xshatishda esa o‘xshashlik o‘z mavqeini saqlab qoladi. 2
Metafora va o‘xshatish orasidagi munosabatga qarash ikki xil:
Metafora - qisqargan o‘xshatish, ya’ni ular orasida farq tashqi shakllanishidadir.
Metafora va o‘xshatish o‘zaro mazmuniy (ichki) shakllanuv jihatidan farq qiladi.
Umuman, metaforaga berilgan ta’riflarda uni yondash hodisalar bilan qo‘shib yuborilgan holatlar ko‘p uchraydi.
Masalan, E. Kassirer metaforaga quyidagicha ta’rif beradi: "Metafora bir tasavvur nomini unga mutanosib qandaydir belgiga ega bo‘lgan yoki u bilan qandaydir bilvosita "analogiya"larni nazarda tutuvchi boshqa soha- boshqa tasavvurga ko‘chirish deb tasavvur qilish mumkin".
Ta’rifdan ma’lumki, Kassirer metafora asosida o‘xshashliknigina ko‘rmaydi, balki umuman har qanday "analogiya"larni nazarda tutadi. Natijada metafora metafora tushunchasi ostiga metonimiya va sinekdoxa ham kiritiladi. Chunki nomi ko‘chayotgan va nomni qabul qilayotgan predmetlararo belgining tabiati izohlanmaydi: (o‘xshashlikmi, bog‘liqlikmi, butun qismlikmi...) shuning uchun nom ko‘chishning bir necha xil belgiga asoslanganligi bilan farqlanuvchi turlari chatishib ketgan.
XX asrga kelib,ayniqsa, keyingi paytlarda kognitiv tilshunoslikning shakllanishi bilan metaforaga qarash butunlay o’zgardi, uning ko’lami
1 Глюменс К.М. Образное употребление названий животных в сравнениях и метафорах// Труды СамГУ. Вып.214 ВФ.IV –Самарқанд, 1971/с109-111/
2 Вежбицкая А.Сравнение-градация-метафора.// Теория метафоры. М.1990.с.145.
kengaydi.Agar an’anaviy tushunishda “metafora” termini ostida bir so’zning boshqasi bilan almashtirilishi nazarda tutilgan bo’lsa, bugun aksariyat tadqiqotchilar metafora tom ma’noda fundamental bilish faolyatining namoyon bo’lishi ekanligini e’tirof etadilar.Ko’rinib turganiday, metafora ko’p qirrali va benohoya murakkab hodisa bo’lganligi uchun ham uning talqinlarida farqli jihatlar ancha – muncha.
Metafora mohiyatidagi ikkiyoqlamalikka ko’ra bu hodisaning ikki asosiy turi farqlanadi, ya’ni lisoniy metafora va poetik(badiiy) metafora1.
Bugun barcha tadqiqotchilar tomonidan to’la e’tirof etilgan metaforaning til vositasi va poetik figura sifatidagi ikki yoqlama mohiyati dastlab Sitsiron tomonidan obrazli tarzda mana bunday ochilgan: “ Xuddi kiyim dastlab sovuqdan himoyalanish uchun kashf qilinib,keyinchalik tananing bezagi va shaxsning farqlovchi belgisi sifatida ham qo’llanadigan bo’lib qolgani kabi, metaforik ifodalar ham tilda so’zlarning yetishmasligini to’ldirish uchun yaratilib, keyin ko’proq huzurlanish uchun qo’llanadigan bo’lib qolgan”N.Mahmudov bu fikr haqiqatni yetarli darajada aks ettirmasligini ta’kidlagani holda,metafora go’yo nominativ maqsad bilan denotatni ifodalash uchun yaratiladi, keyin muayyan konnotativ ma’noni ifodalash uchun jalb qilinadi, ya’ni oldin lisoniy metafora yuzaga keladi, badiiy metafora esa undan keyin yuzaga kelishini ta’kidlaydi.Shuningek, badiiy metaforalar lisoniy metaforalarsiz ham maydonga kelishi, keyinchalik lisoniy metafora maqomini olishi ham mumkin deb hisoblaydi va ko’pchilik tadqiqotchilar keyingi holatni asosiy deb sanashini aytib o’radi2.
Ma’lumki, metaforani baholash, ta’riflash ikki xil bo‘ladi:
Subektiv baho;
1 Маҳмудов Н., Одилов Ё. Сўз маъно тараққиётида зиддият. T.:, Академнашр, 2014,9-bet.
2 Маҳмудов Н., Одилов Ё. Ўша асар. 10 – бет.
Obektiv baho.
Sub’yektiv ta’rif nomidan ko‘rinib turibdiki, sub’ektga, shaxsga bog‘lanadi. Baholanayotgan narsa baholovchi nazaridan ko‘riladi. Ya’ni bu o‘rinda sub’ekt (baholovchi)ning dunyoqarashi, ob’ekt (baholanuvchi)ga shaxsiy munosabati, baholashdan kutilayotgan niyati baholash jarayonini boshqaradi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bu xil baholash natijasini ratsional deyish qiyin. Lekin amalda sub’ektimizning butunlay holi bo‘lishi deyarli mumkin emas. Shuning uchun mutloq obyektiv ta’rif mavjud bo‘lolmaydi. Ob’yektivlik ham nisbiydir. Ta’riflashda subyektivlikka asoslanish ikki jihatdan talabga javob bermaydi:
Subektiv bahoda narsaning asl xususiyatlaridan ko‘ra unga sub’yekt tomonidan bog’langan xususiyatlar ustunlik qiladi.
Natijada bitta ob’yektga bir necha sub’yekt tomonidan bir necha xil baho beriladi. Shuning uchun baholashda baholovchi (sub’yekt) emas, baholanuvchi (ob’yekt) xususiyatlariga suyanish zarur. Baholashda bu yo‘ldan borish ob’yektivlikdir.
Obyektivlik narsani o‘zi qanday bo‘lsa shundayligicha, sub’yektning unga qarashlaridan holi aks ettiradi. Obyektivlik substansiallik tamoyili bilan bog‘liq. Substansiallik shuni nazarda tutadiki, narsa haqiqiy narsadir, u o‘z- o‘zicha mavjud, unda nimaiki mavjud bo‘lsa, uning o‘z mohiyatiga ko‘ra, mutloq boshqa narsalar ta’sirisiz mavjuddir.
Ya’ni narsa (obyekt) baholovchisi baholagunga qadar ham, undan keyin ham o‘z-o‘zicha mavjud. Baholovchi uni baholaydi, xolos. Baholovchining bahosi obyekt uchun ahamiyatsiz, uning ontologik tabiatini o‘zgartira olmaydi. Unda yuzaga keladigan o‘zgarish mutlaqo baholovchining emas, uning o‘z mohiyati harakati natijasidir. Shunga alohida e’tibor berish lozimki, narsaning ayrim xususiyatlarini (aslini olganda hammasini) faqat shu narsaning boshqa narsalar bilan munosabatida kuzata olamiz.
Kuzatuvchi nuqtai nazaridan bu xususiyat unda aynan shu munosabatda yuzaga kelgandek. Aslida esa bu xususiyat unda azaliy mavjud, faqat ana shu munosabatlarda yuzaga chiqadi, xolos. Soddagina misol, yelim yopishtirish xususiyatiga ega. Ammo uning bu xususiyati yopishtiriladigan narsalar mavjud bo‘lsagina yuzaga chiqadi. Ular mavjud bo‘lmasa, yopishtirish xususiyati ham noaniq, go‘yoki mavjud emas. Aslida bu xususiyat unda doimiy mavjud edi. Qulay sharoit tug‘ilishi bilan u yuzaga chiqadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, til birligiga ob’yektiv baho berishning asosiy sharti uni substansial tushunishdir. Substansial tushunilgan til birligi o‘zining butun xususiyatlariga ega bo‘lgan materiya (borliq) sifatida talqin etiladi. Uning bu xususiyatlari boshqa til birliklari bilan munosabatida ochiladi, lekin mutloq bu munosabatlarda yuzaga kelmaydi1
Yuqoridagi fikrlardan qisqacha xulosa qilish mumkin:
Ob’ektivlik (har bir narsa uni o‘rgana boshlagunimizgacha ham, keyin ham o‘z holicha mavjud)
Substansiallik (har qanday o‘rganish ob’ekti, jumladan, til birligi o‘z sifatlarining jam’ul jami bo‘lishi, borliq-materiya)
Til birliklariga baho berishda hodisani mohiyatdan, xususiylikni umumiylikdan farqlash.
Lisoniy imkoniyatlar nutqiy hodisalar uchun sabab, mohiyat, umumiylik vazifasini o‘taydi. Sababsiz natija, mohiyatsiz hodisa, umumiyliksiz xususiylik bo‘lmaganidek, lisoniy asossiz nutqiy hodisa ham bo‘lmaydi. Metaforaga lisoniy nuqtai nazardan yondashish zaruriyatini, shungacha mavjud bo‘lgan nazariyalarni tekshirib chiqkan, D.Bikerton nihoyatda
1 Шаҳобиддинова Ш. Грамматик маъно талқини хусусида. Филология фанлари номзодлиги учун ёзилган диссер. Автореферати. Самарқанд. 1993. 30-бет.
dolzarb deb baholaydi.
"...nolingvistik qarashlar masala mohiyatini ochishdan ko‘ra ko‘proq qorong‘ilashtiradi va ta’kidlash mumkinki, ularning mag‘lubiyati ham aynan ularning nolingvistikligi bilan belgilanadi".1
Lisoniy imkoniyat bu so‘zning lisoniy ma’noviy tuzilishida yotadi.
Metaforani yuzaga chiqaruvchi lisoniy qonuniyatlar quyidagichadir.
Leksemaning ma’noviy tuzilishidagi ayrim sememalarni tushirib, tushirilgan semalar hisobidan boshqalarini bo‘rttirish imkoniyati. So‘zning ma’noviy tuzilishi deganda, so‘zning ma’no qurilishida ikki tipdagi semalarning ma’lum tartibda joylashish nazarda tutiladi:
atash (nomlash, denotativ, nominativ) semalari;
ifoda (konnatatsiya, uslubiy bo‘yoq, xoslanish) semalari.
So‘zning ma’noviy qurilishida ifoda semalarining bo‘rttirilishiga ko‘ra ham so‘zlarikkiga ajraladi: a) ichki ifodali (ingrend konnotatsiyali) so‘zlar;
mo‘’tadil ifodali so‘zlar.
Ichki ifodali so‘zlarda uslubiy bo‘yoq so‘zning ma’noviy tuzilishida bo‘ladi. Mo‘’tadil ifodali so‘zlarda uslubiy bo‘yoq mo‘’tadil befarq bo‘ladi va nutqda ko‘chma okkozional qo‘llanishda hosil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ichki ifodali so‘zdan nominativ semalar ajratilsa, ichki lisoniy uslubiy bo‘yoq qoladi.
Masalan, "tashrif buyurmoq" yuqori uslub, "Qiblagoh" – ota, ko‘tarinki, badiiy uslub, yuksak xurmat
So‘zlarning ma’noviy tuzilishi shuni ko‘rsatadiki, leksemaning ma’noviy tarkibi atash va ifodalash semalari bilan cheklanmaydi. Leksemalarda, ayniqsa, jamiyat a’zolari orasida keng qo‘llanadigan, muhim ahamiyat kasb etadigan narsa, buyum, belgi, harakat, holatlarni ifodalovchi leksemalarda atash va ifoda semalaridan tashqari qo‘shimcha yoki ijtimoiy
1 Бикертон Д. Ўша асар. 284-286-бетлар
shartlangan semalar ham mavjud. Bu semalar ma’lum bir narsa-buyum, belgi-xususiyat, harakat-holat shu jamiyat a’zolari orasida qanday yondash (assotsiativ) qo‘shimcha ma’lumotlarga aloqadorligi bilan bog‘lanadi. Chunonchi, o‘zbek tilida "qo‘y" - mo‘’tadil ifodali so‘z bo‘lib, uy hayvonlarining bir turini atab, nomlab keladi. Lekin shu bilan birga, bu so‘zda yuvoshlik, go‘llik semalari ham mavjudki, bular qo‘shimcha ijtimoiy shartlangan semalar sifatida qaralishi lozim. Yoki sariq rang -o‘zbeklarda xastalik, zaiflik, ayriliq belgisi. Metaforik ma’no denotativ ma’no semalari va qo‘shimcha ma’no semalari asosida yaratiladi. Qo‘shimcha ma’no hosil qilish qonuniyati va usuli birdan amal qiladi1. Ma’lumki, so‘zning ma’nosi nutqiy hosilalar - so‘z, so‘z birikmalari, gaplar tarkibida voqelanadi. Shunga ko‘ra, to‘g‘ri (uzual) qo‘llanishda leksemaning bizning ongimizdagi ma’noviy qurilishi nutqiy voqelanishdagi ma’nosiga semalar jihatidan munosib bo‘ladi. Masalan, oltin - nodir ma’dan, oltin - soat, oltin - uzuk.
1-misolda oltin va ma’dan giponimik (tur-jins) material-buyum munosabatlari bilan bog‘langan:
2-3-misollarda so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi o‘zbek tili uchun me’yoriy sintagmatik holatdir. Chunki so‘z birikmalarida so‘zlarning me’yoriy sintagmatik munosabatlarga kirishi uchun har ikkala bog‘lanadigan so‘z orasida o‘xshash va bir-birini talab etuvchi semalar bo‘lishi shart va zarur. Masalan, shirin qovun, shirin tatiladigan ma’lum bir predmetda mujassam bo‘lishni talab qilganidek, qovun ham ta’m-maza aniqlovchilari bilan aniqlanishni talab qiladi va bunday birikish me’yoriydir.
Bunday birikishda har ikkala so‘z nutqiy ma’nolari lisoniy denotativ va konnatativ ma’nolarga juda yaqin turadi. Agar o‘zaro birikkan so‘zlar tarkibida bir-birini rad etuvchi semalar bo‘lsa, so‘zlardan har ikkalasi ham
1 Қобулжонова Г.К. Метафоранинг системавий лингвистик талқини. Филол.фан.диссер...автореферати -Т., 2000, 15-бет
lisoniy ma’no tarkibidagi semalarni chetlashtiradi va chetlashgan semalarning o‘rni kuchli konnatatsiya bilan to‘ldiriladi: oltin bosh, oltin qo‘l. Bunday birikkan so‘z birikmasida buyumning denotativ ma’nodagi materiali bilan aniqlovchi atab kelgan material mos kelmaydi. "Qo‘l" aniqlanmishi ma’dandan kelib chiquvchi - yumshoq, sarg‘ish atributlarini chetlashtiradi. Oltin so‘zidan ma’dan va uning belgilari kabi denotativ semalar chetlashtirilgach, kamyoblik denotativ semasi va qadrli- qimmatlilik kabi semalar kuchaytiriladi. Yuqoridagilarni jamlab aytish
mumkinki, metaforani yuzaga kelishi quyidagi unsurlarni talab qiladi:
Ob’yektiv yoki sub’yektiv borliqdagi narsalar orasida (keng ma’noda) o‘xshashlik.
Shu o‘xshashlikning lisoniy aksi bo‘lgan mutanosib semalar.
Narsalardan birining nomi ayni nutqiy sharoit uchun yo‘qligi.
Ana shu unsurlar ta’minlanganda, nomning metaforik ko‘chishi yuzaga keladi. "Metafora - ob’ektiv (yoki sub’ektiv) borliqdagi o‘xshashlikning lisoniy aksi bo‘lishi mutanosib semalar asosida bir narsa nomining ikkinchi bir narsa nomi o‘rnida qo‘llanishidir." 1
Metaforani nom ko‘chishning boshqa usullaridan farqlovchi ob’ektiv yoki sub’ektiv o‘xshashlikka asoslanish belgisi murakkab hodisa bo‘lib, ikki omil bilan belgilanadi.
Metaforada ko‘chishning ko‘chish bazasi doim ham to‘la, aniq bo‘lavermaydi. Masalan, oltin bosh, ko‘chayotgan so‘z oltin aynan qaysi so‘z o‘rnida kelayapti - noaniq. Balki "qimmatli", "aqlli”, "dono" va hokazo. Ammo bu noaniq. Sanab o‘tilgan so‘zlarning har birida oltin bilan mutanosib sema bor.
O‘xshatish sub’ektiv hosil qilinganda esa, hosil qiluvchidan boshqa
1 Қобулжонова Г.К.Метафоранинг системавий лингвистик талқини. Филол.фан.ном.диссер...автореферати - Т., 2000,9-bet.
shaxs uchun o‘xshashlikni tiklash qiyin kechadi, hatto umuman mumkin bo‘lmaydi. Masalan, kimdir sevgan odamini "chumchuqcham" desa, chumchuqni yoqtirmaydiganlar bu metafora asosini topa olmaydilar. Bunday atashda mehr yoki mazah yotganligini farqlay olmaydilar.
Demak, metafora asosida turuvchi o‘xshashlik metafora tabiatiga ta’sir o‘tkazadi. Shunga ko‘ra metafora - o‘xshatish ochiq bo‘lganda tushunarli, o‘xshatish hosil qilinganda tushunarsiz, o‘xshatish yo‘qolganda sezilarsiz bo‘ladi.
O‘xshashlikning yo‘qolishi metaforik qo‘llanuvchi so‘zlarni oddiy nomlarga aylantirib qo‘yadi.
Avelichevning fikricha, metafora so‘zlovchining quyidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi... birinchidan, bir narsani nomlash, ikkinchidan, nomlanganda ham nomning "gapiradigan bo‘lish zaruriyati"1
Bu yerda nomlash atamasi ostida bir-biridan mohiyatan farq qiluvchi ikki xil hodisa nazarda tutiladi.
Nomsiz narsani nomlash;
Nomli narsaga qayta nom berish (ikkilamchi)
Nomsiz narsani nomlash zaruriyatini tushuntirib o‘tirishga hojat yo‘q, chunki nom inson bilimi faoliyatining eng zaruriy uzvidir. Ammo ikkilamchi nomlash zaruriyati nimadan kelib chiqadi? Bu zaruriyat mavjud bo‘lgan nom so‘zlovchi nuqtai nazaridan ayni nutqiy sharoitni ta’minlay olmay qolganda yuzaga keladi. Ikkilamchi nomlash quyidagi jihatlari bilan ahamiyatlidir.
Birinchidan, nutqni qisqa va lo‘nda qiladi. Masalan, Saida - sinchalak.
Ikkinchidan, nutqni aniqlashtiradi: Saida - betinim, shaddod, nozik qiz.
Ayrim tilshunoslar so‘zning ko‘chma ma’nosi ikkilamchi nominatsiya
1 Авеличев А.К.Заметки о метафора. Вест. -Москва. Ун-та.Сер.10. Филология. 1973-N1-с. 25-28.
natijasidir deb hisoblaydilar1.
Agar muayyan so‘zda ayni jarayon (ikkilamchi)da qatnashish imkoniyati bo‘lmasa, u bu jarayonda qatnasha olmaydi. Bunday imkoniyat esa so‘z sememasi (ma’nosi)ning tarkibiy qismlari - semalarining nisbiy mustaqillikka erisha olish qobiliyatidir. Ya’ni ikkilamchi nominatsiya uchun zaruriy semalar yorqinlashadi, mustaqillashadi va mutanosib semaga ega bo‘lgan boshqa bir so‘z bilan sintagmatik aloqaga kirishadi.. Natijada ikkilamchi nominatsiya yuzaga keladi. Masalan, oyok so‘zi quyidagi semalarga ajraladi:
insonga xos a’zo;
eng quyi;
tayanch.
Masalan, stolning oyog‘i birikmasini oladigan bo‘lsak, unda 1-3- semalar xiralashgan va 2-sema yorqinlashib, nisbatan mustaqillikka erishgan va ikkilamchi nominatsiyani ta’minlagan. Demak, so‘z - ko‘chma ma’nosi ikkilamchi nominotsiya natijasi emas, so‘zning ko‘chma ma’noga ega bo‘lish imkoni ikkilamchi nominatsiya asosidir.
Metaforaga bag‘ishlangan keyngi yilga tadqiqotlarda grammatika sohasida ham metaforani kuzatish imkoni mavjudligi kuzatilmoqda. So‘zlarnnig metaforik birikmasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, so‘zlarning bu hil birikishini ta’minlash nafaqat semantik, balki grammatik metaforani talab qilishi ayon bo‘ladi.
Masalan, Talabalik -oltin davrim gapida metaforik birikkan so‘z birikmasi "oltin davrim". Oltin so‘zining na semantik va na grammatik jihatdan davr bilan me’yoriy matnda bog‘lana olmasligi aniq. Bu hil birikishni M.Teliya lug‘aviy-grammatik metafora orqali yuzaga chiqadi deb hisoblaydi. Ye.I.Shendel’s M.Teliyaning fikriga qo‘shilgan holda, sof
1 Телия В.Н.Типы языкових значений. -М., ”Наука” 1981.с.11.
grammatik metaforalarini qayd etadi. Grammatik morfemelarning xos bo‘lmagan sintaktik qurshovda kelishidan ham grammatik metafora hosil bo‘lishini e’tirof etadi.
Masalan, Kecha yonginasidan o‘tayapmanu, bir qayrilib boqmadi-ya... hozirgi zamon qo‘shimchasining o‘tgan zamonni talab etuvchi matnda kelishib grammatik metaforani beradi.
Metafora nima uchun tilda mavjud? Bu savolga ikki jihatni nazarda tutgan hoda javob berishi mumkin:
Nutqni bezash uchun ishlatilishi;
Noekspressiv metforaning ham mavjudligi, keng tarqalganligi. Metaforani shunchaki, ekspressiv vosita sifatida baholash masala mohiyatini ochib bera olmaydi. Metaforani qatnashish qatnashmasligiga jumlalarni ikki guruxga ajratish mumkin.
Metaforik jumlalar;
Nometaforik jumlalar;
Metaforik va nometaforik jumlalarni farqlash bir qarashda u qadar qiyin ko‘rinmasada, aslida u har qanday metaforik nazariyani asosiy muammolardan hisoblanadi. Hozirgi zamon tili nuqtai nazaridan yondaoshganda metaforik va nometaforik jumlalarni mavjudligi e’tirozga o‘rin qoldirmaydi. Bu ikki holatni farqlash ularning mavjudligini isbotlash kabi murakkab muammo deya e’tirof etiladi.1
R.Serl bu mezonni belgilash asosini gap va jumlani farqlashda ko‘radi. Metaforaning yuzaga kelishini lisoniy birlik bo‘lmish jumla orasidagi ma’noviy nisbat belgilaydi. U ma’noviy jihatdan mos tushganda nometaforik, ma’noviy jihatdan mos tushmasa metaforik jumla yuzaga keladi.
Gap va jumlaning ma’noviy mutanosibligi nafaqat metaforik, balki
1 Шендельс Е.И. Грамматическая метафора. // Филология. Наука. 1942, №3. -с-48-57
boshqa xil jumlalarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Jumlaning aynan metaforikligini belgilash lisoniy jihatdan semantik, nutqiy jihatdan obe’ktiv (sub’ektiv) mutanosiblikka asoslanadi. Boshqa xil holatlar aksincha asoslarni nazarda tutadi.
Masalan, kinoya-ziddiyatni (xona sovuq), bilvosita jarayon-muayyan muloqot odatini (derazani ochib qo‘ying). Baxs qizib bormoqda (metaforik ibora).
Har qanday metaforik jumla (MET) mutanosib, nometaforik jumlani parafraza bilan almashtirishi mumkin. Metaforaning qanday stilistik xususiyatlarga egaligi ayni mana shunday almashtirishlarda ochiladi.
Masalan, bir METga bir nechta PAR (kontekst va konsituatsiyadan kelib chiqib) mos kelishi mumkin. Biz bu yerda 1/1 nisbatni aniqlaymiz.
MET-Vali-sholg‘om-PAR-keng, dumaloq yuzli yigit.
MET-Saida-sinchalak-PAR-Saida-nozik, betinim, shoddod qiz.
Bundan ko‘rinib turibdiki, METga qisqalik xos. Odatda metaforaning uslubiy ustunligi aynan shu qisqalikni nazarda tutadi.
Arastu ham ko‘chma ma’nodagi so‘zlar... nutqni siyqa va tuban bo‘lishdan saqlaydi deb uqtirgan. Biroq nutqqa aniqlik berishni ko‘p qo‘llanadigan so‘zlar vazifasi deb hisoblaydi. Uningcha, eng tushunarlisi hamma ishlatadigan so‘zlardan tuzilgan nutqdir.
N.D.Arutyunova esa shaxsning aniq va yorqin tavsifini aynan metafora beradi deb hisoblaydi. Masalan, Sabakevichni "ayiq" deb atash ("o‘lik jonlar") uning jismoniygina emas, ruhiy belgilarini ham yorqinlashtiradi.
Qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, metafora, shuningdek, muallifning bahosini ham qamrab oladi. Masalan, yuqorida keltirgan "sholg‘om" so‘zi "lapashang"likka ham ishora qiladi. Chunki sub’yekt o‘xshashlikni ochadigina emas, yaratadi ham.
Xulosa qilib aytganda, metaforaning uslubiy jihatdan aniqlikni yoki
noaniqlikni ifodalashini chegaralash mumkin emas. Chunki metafora qaysi bir jihatdan aniq, qaysidir jihatdan noaniq bo‘ladi. Metaforaning bu xususiyati aslo uning uslubiy qiymatini pasaytirmaydi. So‘zlovchiga doimo nutq akti uchun zarur bo‘lgan jihatlarni aniqlashtirish imkonini beradi. Ya’ni metafora qaysi jihatdan aniq bo‘lsa, shu jihat, demak, kontekstual muhim emas.
Dostları ilə paylaş: |