Devona belbog‘ining tuguniga astoydil yopishgan.
Adolat boshidagi tugunni, orqasidagi qapchig‘ini yerga qo‘ydi. Yasalish munosabatiga ko‘ra leksik ma’no ikki turga ajratilar ekan, o‘z-
o‘zidan, bunda birdan ortiq ma‘noning o‘zaro munosabati yotadi. Demak, leksik ma’noni bunday tiplarga ajratish va nomlash polisemantik so‘z ma’nolari uchun xarakterli. Bir ma’noli so‘zlarda leksik ma’noning bunday tiplari bo‘lmaydi.
Ob’yektni qay tarzda ifodalashiga ko‘ra leksik ma’no ikki turga bo‘linadi: 1.Nominativ m’ano;
2.Figural ma’no.
Nominativ ma’no narsa, belgi, harakat haqidagi bevosita ma’lumot, ular bilan bevosita bog‘lanadigan ma’nodir.
Figural ma’no esa predmet, belgi yoki harakat bilan bevosita bog‘lanmaydi, ya’ni so‘z figural ma’nosi bilan predmet, belgi yoki harakatning nomiga aylangan bo‘lmaydi, figural ma’no nominativ ma’no orqali predmet, belgi, harakat bilan bog’lanadi:
1.Rustam dehqonchilikni tilini yaxshi biladi. 2.Doktor kasalning tilini chiqarib ko‘rdi.
Keltirilgan misoldagi "til" so‘zining birinchi gapdagi ma’nosi
ko‘chma ma’no bo‘lib, figural ma’no hisoblanadi. Ikkinchi gapdagi ma’nosi so‘zning o‘z ma’nosi bo‘lib, nominativ ma’no hisoblanadi.
Ko‘rinadiki, nominativ ma’no va figural ma’no munosabati ham polisemantik so‘z ma’nolari uchun harakterli. Polisemantik so‘z ma’nolaridan faqat yasama ma’nogina figural ma’no bo‘la oladi. Lekin yasama ma’nolar doirasida ham figural ma’no nominativ ma’noga nisbatan kam miqdorni tashkil qiladi.
Nutqda reallashish holatiga ko‘ra leksik ma’no ikki turga bo‘linadi: erkin ma’no va bog‘li ma’no.1
Erkin ma’no narsa, belgi, harakat bilan bevosita bog‘lanadigan ma’no bo‘lib, uning reallashuvi ma’lum kontekstga, so‘z qurshoviga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, o‘yin so‘zining raqs ma’nosi, yugurmoq so‘zining chopmoq ma’nosi erkin ma’no hisoblanadi. Bu ma’nolar hech qanday qo‘shimcha vositaga bog‘liq bo‘lmagan holda reallasha oladi. Xuddi shu xususiyatiga ko‘ra bu tipdagi leksik ma’no erkin ma’no deyiladi.
Bog‘li ma’no ma’lum so‘z yoki so‘zlar qurshovidagina reallashadi. Bu ma’no voqelik bilan bevosita bog‘lana olmaydi. So‘zning bog‘li ma’nosini qo‘llanish doirasi juda chegaralangan bo‘ladi, ya’ni u shu bog‘liq ma’noni reallashtiradigan so‘z yoki so‘zlar bilangina bog‘lana oladi. Masalan, yuqoridagi o‘yin, yugurmoq so‘zlarining quyidagi gaplarda bildiradigan
1 Ўзбек тили лексикологияси. Т., 1981, 207–бет.
ma’nosi bog‘li ma’no hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: |