O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o’ta-18\2 guruhi talabasi zakirova mardonaning


–§. Leksik ma’no va uning tuzilishi



Yüklə 128,01 Kb.
səhifə5/12
tarix22.12.2023
ölçüsü128,01 Kb.
#189425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar-fayllar.org

2–§. Leksik ma’no va uning tuzilishi

Leksik ma’no haqida tilshunoslikda turli xil qarashlar mavjud.Masalan,” So’zning ob’yektiv borliqdagi narsa,belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti leksik ma’no deyiladi.(“Hozirgi o’zbek adabiy tili”), “ So’zning ob’yektiv borliqdagi narsa,hodisa,harakat,belgi va shu kabilar haqida ma’lumot beruvchi(tasavvur beruvchi) mazmuni leksik ma’no deyiladi( O’zbek tili leksikologiyasi), “ So’zning material qismi(leksema) bildiradigan ma’no: ma’lum tovush kompleksini ma’lum obyektiv voqelikka bog’lash


1 Нурмонов А., Искандарова Ш.Тилшунослик назарияси. T.: Фан,2008,66-бет.

2 Нурмонов А., Искандарова Ш. Умумий тилшунослик. -Андижон, 2007, 80–бет.
bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun – mundarija leksik ma’no deyiladi” (Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati).Professor A.Nurmonov esa ana shu qarashlarni umumlashtirgan holda “ Leksik ma’no ongda predmet, hodisa, xususiyat,muayyan jarayon va shu kabilar haqidagi tushunchalarni aks ettiruvchi va unga bog’lovchi hamda so’zlovchining subyektiv munosabatini ifodalovchi so’z mazmuni(mundarijasi) deb hisoblaydi.( Tilshunoslik nazariyasi) So‘z paydo bo‘lishidayoq o‘z tovush qobig‘iga va ma’lum bir ma’noga ega bo‘ladi. Lekin so‘zlar ifodalaydigan ma’nolar eng umumiy belgi-xususiyatlariga ko‘ra har xil bo‘ladi va bu jihatdan so‘z ma’lum guruhlarga ajraladi.

Avvalo, so‘zlar obektiv borliqdagi narsa-hodisa, belgi, harakat kabilarni bildira olish xususiyatiga ega yoki ega emasligiga ko‘ra ikki guruhga ajraladi: tushuncha ifodalaydigan so‘zlar va tushuncha ifodalamaydigan so‘zlar. Tushuncha ifodalash faqat mustaqil so‘zlarga xos xususiyatdir. Masalan, kitob, yozmoq, katta so‘zlari ma’lum ob’yektiv narsa, harakat, belgi haqidagi tushunchani ifodalaydi.


Mustaqil so‘z turkumlaridan boshqa turkumlarga oid so‘zlar tushuncha ifodalamaydi. Masalan, undovlar so‘zlarning turli xil emotsiyasini bildiradi; modal so‘z va yuklamalar fikrning borliqqa bo‘lgan munosabatini ifodalaydi.
Xullas, ma’noning obyektiv voqelikdagi narsa-hodisa, belgi, harakat kabilarga munosabati nuqtai nazaridan tildagi so‘zlarning qiymati bir xil darajada emas.
So‘zning mazmuniy tuzilishi leksik ma’no va shu leksik ma’noga qo‘shimcha tarzidagi ottenkalardan iborat bo‘ladi.
So‘zning ob’ektiv borliqdagi narsa-hodisa, harakat, belgi va shu kabilar haqidagi ma’lumot beruvchi mazmuni leksik ma’no deyiladi.1

1 Ўзбек тили лексикологияси. -Т., 1983, 205–бет.
So‘zlar o‘z ma’nosi bilan ob’yektiv borliqdagi narsa, harakat, belgi kabilarning konkret o‘zini emas, balki ular haqidagi tushunchani ifodalaydi. Tushuncha ob’yektiv borliqdagi narsa-hodisalarning kishi ongida umumlashgan holdagi in’ikosidir. Narsa-hodisa haqidagi tushuncha shu turdagi narsa-hodisalarga xos umumiy belgilarni birlashtiradi. Ko‘rinadiki, leksik ma’no bilan tushuncha o‘rtasida umumiylik bor.
So‘zlar o‘ziga xos fonetik, so‘z yasalish, morfologik strukturaga ega bo‘lgani kabi o‘ziga xos semantik strukturaga ham ega bo‘ladi. So‘zning semantik strukturasiga kiruvchi leksik ma’no ham ma’lum komponentlardan tashkil topadi. Bunday komponentlar sema deb ataladi. Ba’zan leksik ma’no strukturasi bilan so‘zning semantik strukturasini bir xil hodisa sifatida qarash hollarini uchratish mumkin. Lekin ular farqli hodisalardir. Leksik ma’no so‘zning semantik strukturasidagi komponentlardan hisoblanadi.

Leksik ma’noni uning semalari asosida tahlil etishga keyingi vaqtlarda alohida e’tibor berila boshladi. Sememaning semalarini to‘g‘ri belgilash m’ano jihatdan o‘zaro qandaydir aloqasi bo‘lgan so‘zlar munosabatini, ,shuningdek, ko‘p ma’noli so‘zlar semalarini to‘g‘ri belgilashga imkon beradi. Chunki o‘zaro qandaydir aloqasi bo‘lgan semalarda ulardan har biriga xos bo‘lgan, shuningdek, umumiy bo‘lgan semalar mavjud bo‘ladi. Masalan, polisemantik so‘zlarda uning semalari uchun umumiy bo‘lgan va semalarning o‘ziga xos bo‘lgan semalari bo‘ladi. Ana shu semalarni aniq belgilash polisemantik leksemalar sememalarining, shu bilan birga, polisemantik so‘z bilan omonimni to‘g‘ri farqlashga imkon beradi.


So‘zning leksik ma’nosiga turli nuqtai nazardan yondashiladi va shu asosda leksik ma’no tiplarga ajratilib maxsus nomlar bilan ataladi. Lekin tiplarga ajratishdagi nuqtai nazar turlicha bo‘lganidan leksik ma’no turlariga ajratishda har xilliklar bor. Lingvistik adabiyotlarda leksik ma’noga nisbatan


etimologik ma’no, bosh ma’no, yasama ma’no, asos ma’no, hosila ma’no, nominativ ma’no, figural ma’no, erkin ma’no, bog‘li ma’no kabi terminlarning qo‘llanishi leksik ma’noga turli nuqtai nazardan yondashish va uning tiplarini har xil tushunish natijasidir.
Leksik ma’noga sinxronik planda qaralganda, ya’ni tiplarga ajratishda hozirgi tilga oid leksik ma’no ko‘zda tutiladi unga quyidagi jihatlardan yondashish kerak bo‘ladi:

  1. yasalish munosabatiga ko‘ra;


  2. ob’yektni ifoda etishiga ko‘ra;


  3. nutqda reallashish holatiga ko‘ra.


Yasalish munosabatiga ko‘ra leksik ma’no ikki turga bo‘linadi: asos ma’no va yasama ma’no.


U yoki bu ma’noning yuzaga kelishida asos bo‘ladigan ma’no asos ma’no, uning ta’sirida hosil bo‘lgan ma’no yasama ma’no hisoblanadi. Masalan, tugun so‘zining quyidagi birinchi gapdagi ma’nosi asos ma’no, ikkinchi gapdagi ma’nosi esa yasama ma’nodir:


    1. Yüklə 128,01 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin