Metonimiya asosida ma’no ko‘chishi
Metonimiya ham nom ko‘chishi bilan yangi ma’no hosil bo‘lishiga olib keluvchi hodisalarning asosiylaridan hisoblanadi. Shu sababli bu hodisa ham nom ko‘chishi yo‘li bilan yangi ma’no hosil bo‘lishi haqida gap borgan ishlarning hammasida qayd etiladi. Metonimiya — narsa-predmetlar, belgilar, harakatlar o‘rtasidagi aloqadorlikka (bog‘liqlikka) ko‘ra nom ko‘chishidir. Ob’yektiv borliqdagi ayrim narsa-predmetlar, belgilar, shuningdek, harakatlar o‘rtasida ma’lum umumiylik, aloqa (bog‘lanish) bo‘ladi. Ana shuning ta’sirida biror narsa, belgi yoki harakatning nomi u bilan aloqasi (umumiyligi) bo‘lgan boshqa narsa, belgi, harakatni ifodalash uchun ham qo‘llanadi, unga ham nom bo‘lib ko‘chadi.1
Badiiy asar tilida har bir trop yoki ko‘chimning o‘ziga xos va mos o‘rni hamda ma’no jilosi bo‘lgani kabi, poetik nutqda, metonimiya ham estetik kategoriyalardan biri sifatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Poeziyada, umuman, poetik asarlarda u ifoda ta’sirchanligini oshiribgina qolmay, balki poetik asarning ruhiyatini, tabiiy olami va ohangdorligiga, ya’ni ritmiga mos ifodaning yaratilishida asosiy omil bo‘la oladi. Ushbu tasvir vositasi ham metafora singari leksemalarning kognitiv ma’nosiga asoslangan bo‘lishi bilan birga, unda o‘xshashlik ko‘chimdan predmet yoki voqea-hodisa o‘rtasidagi o‘xshatish emas balki ular o‘rtasidagi bog‘liqlik, aloqadorlik, bir-birini taqazo etishga
1 Ўзбек тили лексикологияси. –Т., 1981, 223-бет.
asos qilib olinadi ya’ni metonimiyada "asosan, biror narsa yoki voqea- hodisaning nomi boshqa bir narsa yoki hodisaga ko‘chiriladi. Bu predmet yoki voqea- hodisa ongimizda bir-biri bilan aloqador tushunchalarni anglatishi bilan o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘ladi.1
Metaforada bir-biriga o‘xshash predmetlarning o‘zaro belgi xususiyatlari ko‘chirilsa, metonimiyada bu ikki predmet tashqi ko‘rinishi (shakl) ichki xususiyatlari (mazmun, mohiyati) bilan bir-biriga qandaydir aloqasi bo‘lsa ham, ammo, umuman bir-biridan farq qiluvchi (bir-biriga o‘xshamagan) predmetlarning belgilari bilan solishtiriladi", ya’niki metafora o‘xshashlikni metonimiya esa bog‘liqlikni nazarda tutadi.
Shu kabi bog‘liqlik asosida (nom ko‘chishini esa turlicha bo‘lishi) turli xildagi, rang- barang nom ko‘chishlarining guvohi bo‘lamiz:
Biron bir predmet yoki voqea hodisa ichidagi narsaning yoki voqea- hodisaning nomi anglashilayotgan predmetga o‘tkazilali.
Muayyan bir harakat yoki ushbu harakat natijasi shu harakatni bajaruvchi qurol nomi bilan almashtiriladi.
Biror bir narsani u yasalgan material (buyum. mato) bilan almashtirish. Muayyan bir joy, hudud, mamlakat, davlatda yashovchi kishilar ma’nosi,
shu yerga (shahar, qishloq...) mamlakat yoki davlatga ko‘chiriladi.
Konkret tushuncha nomi o‘rnida mavhum ot qo‘llanishi va aksincha abstrakt tushuncha nomi qo‘llanishi kuzatiladi.
Prozada metonimiya keng imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, poeziyada, asosan, epik asarlarda, ayniqsa, ya’ni mustaqillik davri dostonlarida ham jonlantirish, sifatlash, o‘xshatish, mubolag‘adan ko‘ra metafora kabi metonimiyali ifodalar ma’no ko‘chirishda o‘ziga xos xususiyatga egadir.
Masalan,
Buxorodan kelmish sangtarosh
1 Қурбонова М. Мустақиллик даври достонларида метонимия ва синекдоҳадан фойдаланиш маҳорати. Айюб Ғуломов ва ўзбек тилшунослиги масалалари (Илмий мақолалар тўплами). –Т., 2012, 156-157 бет.
Farg‘onalik chilkor ham bunda Naqqoshini yuboribli Shosh.
Xorazmlik ganchkor ham bunda...1
Ushbu satrlarda qo‘llanilgan, qator joy nomlari satr ohangdorligini oshirsa, "Shosh" leksemasi orqali nom ko‘chishi esa metonimiya hodisasiga sabab bo‘ladi. Bu yerda naqqoshni yuborgan asli "Shosh" shahri emas, balki Shoshda yashovchi insonlardir.
'"Bibixonim" gumbazi turar, Bekasiday ko‘ngli yarimta... Ko‘z o‘ngimda shahar yugurar. Oqib borar nigohlarimda.2
Bu yerda ham metonimiyaning an’anaviy turidan foydalanilganini kuzatamiz.
Ya’ni bunda "shahar" so‘zi shaharda yashovchi jami aholi, insonlar ma’nosini anglatadi.
R.Suvonova joy nomlari bilan bog‘liq metonimiyalarni ikki xil ko‘rinishda yuzaga kelishini ta’kidlaydi.3 Ular joy nomini bildiruvchi metonimiyalar va joy munosabatiga ko‘ra metonimiyaning sodir bo‘lishidir.
1. Joy nomi va joy bildiruvchn so‘zlarda metonimiya sodir bo‘lishi nutqda ko‘plab uchraydi. Ayniqsa, joy nomini bildiruvchi so‘zlar o‘sha joyda ishlab chiqarilgan mahsulotni bildirishi orqali metonimiya sodir bo‘lar ekan, bu jarayon til hodisasi sifatida kuzatiladi. Masalan: Qorako‘l so‘zi asli Buxorodagi bir tumanning nomidir. U hozir qo‘zi terisidan ishlangan jingalak yungli mo‘ynani bildiradi. Bunday mo‘yna olinadigan qo‘zilar dastlab shu tumanda yetishtarilgan. Bu hosila ma’no joy munosabatiga ko‘ra yuzaga kelgan. Yana shivirg‘on, kattao‘rgon, gulja, uchqora kabi joy nomlari
1 Ойдин Ҳожиева. Ўша китоб. 58-б.
2 Муҳаммад Али. Ўша сайланма. 249-б.
3 Сувонова Р. Жой номлари билан боғлиқ метонимиялар. Айюб Ғуломов ва ўзбек тилшунослиги масалалари (Илмий мақолалар тўплами). –Т., 2012, 81-82 бет.
ham bor. Bu nomlar kelib chiqishi jihatidan o‘sha joylar bilan aloqador bo‘lgan uzum navlarini ham ifodalaydigan bo‘lgan, ya’ni metonimiya hodisasi kechgan. Yana Samarqand shahri nomida oliy navi ham bor. Bu keltirilgan misollarning barchasi til hodisasi bo‘lgan metonimiyaga xosdir.
Joy nomi bilan o‘sha joyda yashovchi aholnni atash orqali ham metonimiya sodir bo‘ladi. Lekin ular deyarli nutqiy hodisa sifatida kuzataladi: Agar kerak bo‘lsa, Sharqni va G‘arbni / Yolg‘iz bir she’riga eta olur jo (A.Oripov). Bu gapdagi Sharq va G‘arb so‘zlari o‘sha yerlarda yashovchi barcha aholini ifoda etgan. Toshkent chiqdi Shastri yo‘liga (E.Vohidov). Bu gapda ham Toshkent so‘zi Toshkent aholisini ifoda etgan. Quyidagi misolda berilgan Osiyo so‘zini ham shunday izohlash mumkin: Zabtga olib keng Osiyoni,/ Bir zot chiqdi mag‘rur, davangir (A.Oripov). Joy nomi, ayrim hollarda, o‘sha joyga oid kishini ham bildirishi mumkin: Tanladi Kavkazning papoq, bo‘rkini. (A.Oripov) Bu gapdagi Kavkaz so‘zi "kavkaz kishisi" ma’nosida qo‘llangan.
Umuman joy bildiruvchi so‘zlar o‘sha joyda yashovchi aholini ifoda etishi bilan metonmiya sodir bo‘lishi mumkin. Saroy yo‘lga chiqdi savlati bilan (A.Oripov), Qishloq g‘ala-g‘ovur, soldatni kutar (Uyg‘un). Bu gapdaga saroy, qishloq; so‘zlari o‘sha joydagi aholini bildirgan, ya’ni metonimiyaga uchragan. Ba’zan joy bildiruvchi otlar faqat shu joyga oid aholini emas, har qanday sub’yektlarni ifoda etishi ham mumkin.
Joy nomi bilan unda yashaydigan aholi ifodalanar va metonimiya sodir bo‘lar ekan, bu nom malum xududni bildiradi. Bunga shahar, qishloq, tuman, vodiy, mahalla, O‘zbekiston, viloyat so‘zlaridagi metonimiyani ko‘rsatish mumkin.
Nutqiy hodisa sifatida sodir bo‘lgan metonimiyalar - joy nomini bildiruvchi so‘zlarning ma’nosini bildirishi orqali ham kuzatiladi: Bu jonning bor erur Qorabog‘i? / Na O‘zgan, na O‘sha Farg‘onasi bor (A.Oripov). Bu gapdagi O‘zgan, O‘sh, Farg‘ona, Qorabaz so‘zlari "vatan" metonimik
ma’nosini ifoda etgan.
Joy nomini bildiruvchi atoqli otlar o‘sha joyga ishora qiluvchi belgi ma’nosida qo‘llanishi - metonimiyaga uchrashi ham mumkin: Ana xaritada Mirzacho‘l, Jizzax (A.Oripov) misolidagi Mirzacho‘l, Jizzax so‘zlari aslida joy nomlari bo‘lgani holda, xaritadagi o‘sha joylarni ko‘rsatuvchi shartli belgini ifoda etilgan metonimik ma’noni bildirmoqda.
Ayrim hollarda joy nomi vaqt ifodasini bildiruvchi metonimik ma’noni hosil qilishi mumkin: Baytingga bir bora qovushgan har lab/ Takrorlab ketgusi Mashhargacha to (A.Oripov ).
Umuman joy munosabatiga ko‘ra metonimiya sodir bo‘lishini til hodisasi hamda nutq hodisasi sifatida kuzatish mumkin.
Shu tarzda nutqiy metonimiyaning sodir bo‘lishi, o‘zbek tilida uncha ko‘p tarqalmagan. U og‘zaki nutqda uchrab tursa ham yozma nutqda deyarli kuzatilmaydi. Shuning uchun ham biz to‘plagan materiallar ichida unga oid misollar ham bo‘lib chiqdi. . Joy munosabatiga ko‘ra metonimiyaning sodir bo‘lishi ancha keng tarqalgan. So‘zlar leksik ma’no jihatdan taraqqiy etib, joy bildiruvchi hosila ma’noni yuzaga keltiradi. Kishining bir a’zosi nomi bilan joy ifodalanadi. Bunda kishining biror a’zosi o‘zi o‘rnashgan joy bilan tutash joyni nomdosh qilib oladi. O‘sha tutash joyni bildirgan hosila ma’no yuzaga kelishi joy munosabatiga ko‘ra sodir bo‘lgan metonimiya hisoblanadi. Masalan: Hoji Kumushning boshiga kelib o‘tirdi (A.Qodiriy). U har qachon yonboshimda (U.Nosir) gaplarida bosh so‘zi bosh bilan tutash, yonbosh so‘zi yonbosh bilan tutash so‘zi qosh bilan tutash joyni ifoda etsa» hosila ma’no joy aloqadorligiga ko‘ra yuzaga kelgan.
Hosil qiluvchi va hosila ma’no o‘rin ifodalamagani holda ma’no hosil bo‘lishi o‘rin munosabatiga ko‘ra bo‘ladi. Masalan, Oq qog‘ozim senga Erkin ochdi pinhon ishini (E.Vohidov). Bu gaplardan birinchisida bosh so‘zi "miya" ma’nosida, qog‘oz so‘zi "asar" ma’nosida qo‘llangan. Chunki bosh
va qog‘ozda o‘rnashgan hosila ya’ni shu o‘rnashish o‘rniga ko‘ra yuzaga kelgan.
Ayrim narsalar va ularning hajmi o‘rnashgan buyumi nomi bilan atalishi ham metonimiyani yuzaga keltiradi. Bunda ham o‘rin munosabati metonimiya sodir bo‘lishi uchun sabab hisoblanadi: Xotinining hay-hayiga qaramay ikki piyolani ustma-ust shimirdi (A.Qahhor), Bir stakan ichdi (N.Shukurov), Bir six yedi (N.Shukurov). Bu gaplarning birinchisida piyola so‘zi shu hajmdagi ichkilik ikkinchi gapdagi stakan so‘zi shu hajmdagi ichkilik uchinchi gapdagi six so‘zi shu chamadagi kabob hosila ma’nolarini yuzaga keltirgan. Bularniig yuzaga kelnshida ham o‘rin munosabati ahamiyatga ega bo‘lgan.
Buyum nomi bilan joy atalishi orqali ham metonimiya sodir bo‘lishi mumkii: Mamajon yalqov samovarda yotib tush ko‘radi (G‘. G‘ulom). Bu gapdagi samovor so‘zining leksik ma’nosi buyumni bildiradi. Uning hosila ma’nosi esa shu buyum o‘rnashishiga asoslangan maishat joyini bildiradi. Bu o‘rinda hosila ma’no o‘rin munosabatiga ko‘ra yuzaga kelganligi uchun u metonimiya hodisasi deb qaraladi.
Matbuot vositasi nomi bilan undagi nashr atalishi ham metonimiyadir: Gazetani o‘qiydir shatir (U.Nosir). Bu gapdagi gazeta so‘zi undagi nashr qilingan narsani ifoda etgan. Material gazetada joylashganligi uchun u gazeta nomi bilan atalgan.
O‘simlik nomi bilan u o‘rnashgan joy atalishi mumkin. Masalan: Rayhon chopib o‘tirgan ayam birdan voyvoylab, quymichini ushlaganicha o‘zini rayhonning ichiga tashlab yubordi (A.Qahhor). Bu gapdagi birinchi rayhon so‘zi o‘simlikni emas, u ko‘karib turgan ariqni anglatuvchi hosila ma’noga ega. Bu holatning aksini kuzatish ham mumkin. O‘simlik joy nomi bilan atalib, metonimiya hosil qilishi kuzatiladi: Yer ekuvchi dehqonlarning holini ham xo‘p o‘ylang (Cho‘lpon). Bu gapda yer so‘zi ekin ma’nosini bildirgan.
O‘rin munosabatiga ko‘ra sodir bo‘lgan metonimiyalar, asosan, nutqiy holatda kuzatiladi. Chunki ularni nutq jarayoni yuzaga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |