Amaliy ish
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Namaton qishlog`i shevasiga oid qadimiy topishmoq :
Tupur -tupur toplovon (beshik )
Ichidagi pahlavon ( chaqaloq )
Og’zidagi oshig’i (so’ska –so’rg’ich )
Ketidagi qoshig’i ( sumak )
Ushbu topishmoq Yusupov Xurram bobo tilidan yozib olindi . Uzoq yillar qishloq o’quvchilariga ta’lim tarbiya berib kelgan . Hozirda nafaqada . 65 yosh.
Alla
Alla bolam oqayin ,
Hidlab guling taqayin .
Bolaginamning bolasi ,
O’gunimcha boqayin .
Ha dursa –dursa
Chopqillab o’ynab jursa
Otasi bozor borsa
Biqin go’shtin jedirsa
Alla bolam , allayo
Ushbu alla qo’shig’i qishloqning keksa onaxonlaridan Abdiyeva Gulbahor momo tilidan yozib olindi. 63- yosh .Nafaqada. Suhbatda momo bu alla juda qadimiy ahamiyatga ega ekanini ta`kidlab o`tdi.
Shevada qo`llanadigan turli xil narsa va hodisalar nomlari
Shevada uy-ro`zg`or buyumlarining nomlari.
Alg`ishtay (әlg`ishtay – halg‘ishtay).
O`roq [ѳrәg`]. Piyala [pъyala]. Pichoq [pchәg`].
Yastiq [y ә s t ъ q] lula ma‘nosida ham qoʻllaniladi.
Dulcha [dulcha] – suyuqlik solinadigan kichik idish nomi.
Shipirgi [shъpъrgъ] –supurgi.
Cho`lpi [cho`lpъ] – qozondagi go`sht, xamir kabi mahsulotlarni ezilibketmasligi uchun tez olishga mo`ljallangan asbob nomi.
Bitoncha (bitכּnchә)-suyuqlik soladigan idish.
Choynik [choynik] choynak.
Jild - choyshab.
Sholcha - gilamni kichigi.
Ignasancha –To`g`nog‘ich Iyna – [ъyna] – nina.
Paqir [Pәqir] – chelak.
G`alvir [G`alvъr]– bo`g`doyni boshqa aralashmalardan tozalashda ishlatiladigan asbobning nomi.
Grabel–hazon, has-hashak, chiqindilarni yig‗ishda ishlatiladi.
Chopqi [Chכּpqъ] –bu so`z ikkita narsani ifodalaydi: 1)oshxonada ishlatiladigan, go`sht, sabzi kabilarni qo`lda tez maydalaydigan asbob; 2) kichik pichoqcha. Shoxa – beshta barmoq tarzda yasalgan va qishloqda uni o`tin olishda ham, o`t olishda ham tez-tez ishlatishadigan asbob.
Dostları ilə paylaş: |