Xulosa.
Biz Shahrisabz shevasidagi dialektizmlarning ma‘noviy guruhlarini o`rganib, quyidagicha xulosaga keldik:
Ushbu sheva o`zining leksik-semantik xususiyatlari bilan boshqa o`zbek shevalaridan jiddiy
farqlanib turadi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: kiyim-kechak, rang, urf-odat, harakat,-holat va uy rozg`or buyumlari nomlari.
Shevada kiyim-kechak nomlari turli fonetik o`zgarishlar bilan sodda, birikmali va qo`shma shakllarda uchraydi.
Shevamizdagi rang, belgi-xususiyat bildiruvchi so`zlar boshqa shevada ishlatilmasligi bilan, yani faqat bir shevada ishlatiladigan leksik dialektizmligi tufayli farq qilib turadi.
Shahrisabz shevada urf-odat nomlari ko`proq qo`shma shaklda, qisman sodda shaklda faol qo`llanilgan.
Shevamizda ovqat nomlari ko`p miqdorda uchraydi.Ular asosay sodda, yasama, qo`shma shakllarda uchraydi.Ulardan ba‘zilari birikmali shaklda ham sheva vakillari nutqida faol qo`llanadi.
Shahrsabz shevasida harakat-holat nomlari ko`p qo`llanadi, chunki ularsiz gap shakllanmaydi.Ular hozirgi va kelasi zamon shakllarida boshqa shevalardagidan o`zgacharoq holatda qo`llanadi.
Shevada uy-ro`zg`or buyumlarining nomlari o`z hamda o`zlashgan qatlam so`zlaridan shakllangani kabi sodda, yasama ko`rinishlarda qo`llanadi.
O`zbek xalq shevalari lug`atini kuzatish shundan xabar beradiki, shu lug`atda mualliflar juda kam so`zlarni berib o`tishgan. Bu esa shu shevaga oid bo`lgan so`zlarning yuqoridagi lug`atda mukammal berilmaganligini ko`rsatadi.
Dehqonchilikka xos so`zlar shevamizda qisman fonetik o`zgarishlarga uchrasa-da, tuzilishiga ko`ra sodda shaklda bo`lib, kamroq ishlatiladi, chunki hududimiz ko`proq chorvachilik va bog`dorchilikka ixtisoslashgan.
Bog`dorchilikka oid sheva so`zlari sodda shaklda bo`lib, amalda juda ko`p qo`llanadi.
Chorvachilikka oid so`zlar ham morfologik jihatdan sodda shaklda bo`lib, fonetik o`zgarishlarga uchragan shaklda shevada faol ishlatiladi.
Ovchilikka xos so`zlar asosan sodda shaklda, ba‘zilari birikmali holatda shevamizda qo‘llanadi.
Baliqchilikka xos so`zlar qisman birikmali holatda, asosan sodda shaklda shevamizda faol ishlatiladi.
Shevamizdagi binokorlikka xos atamalar sodda , yasama, birikmali va qo‗shma shakllarda uchraydi.
O`zbek xalqining boshqa shevalari kabi Shahrisabz shevasida ham atoqli otlar, aniqrog`i, kishi ismi, sharifi, toponim, zoonim, fitonim, etnonim va narsa, sarlavha, asarlarning atab qo`yilgan nomlari kabilarga oid so`zlar ancha faol ishlatilar ekan.
Shevada toponim, ya‘ni joy nomlari qishloq, guzar, mahalla nomlari sifatida ancha faolroq holatda qo`llanishi misollar bilan o`rganildi.Kishi ismlari ham shevamizda xilma-xil fonetik o`zgarishlarga uchragan holda ishlatilishi misollar vositasida aniqlandi.
Shahrisabz shevasida zoonimlar, ya'ni hayvon va qush nomlari kam bo`lsa ham uchradi. Ammo ilon (jlon), kuchuk (it) kabilar faol ishlatilishi aniqlandi, chunki hududimiz tog`li va tepaliklardan iborat bo`lgani uchun ilonlarning ko`p uchrashi odatdagi hol bo`lsa, odamlar tomonidan o`zlarini himoya qildirishlari uchun kuchuklarning ko`p bo`lishi esa tabiiy holdir.
Shu bilan birgalikda juvana so`zining ho`kiz(ho'k'z), govzombir so`zining esa ari ma'nosini anglatishi faqat shu shevagagina xos dialektal holatdir.
Fitonimlar ham shevamizda ancha miqdorda qo`llanadigan dialektizmlarning bir guruhi, chunki hududimiz tog`li hudud bo`lgani uchun u yerda fitonim – o`simliklarning ming bir turi o`sib yotishi aniqlandi.
Shahrisabz shevasida etnonim – urug`-qabila nomlari ancha faol ishlatiladi, buning sababi shundaki, etnonimlar Shahrisabz hududining keng joylarida kelib o`rnashib qolishgan.Ayni vaqtda ham ba'zi etnonimlar aytilmasa-da, aksariyat etnonimlar kishi ismidan oldin yoki keyin aytilishi sheva vakillarining nutqiga xos xususiyatlardan biridir.
Shaxsni ifodalovchi so`zlar ham miqdor jihatdan kam bo`lsa-da, shevaga xos bo`lgan dialektizmlar sifatida qo`llanishi kuzatildi.
Qush nomlari zoonimlarning alohida bir ko`rinishi hisoblanadi. Ular turli fonetik o`zgarishlar bilan aytilsa-da, shevamizda dialektizmlar sifatida ancha miqdorni tashkil etadi.
Shahrisabz shevasiga oid dialektal so`zlarning bir qismi ayni vaqtda o`zbek adabiy tili doirasida ham qo`llanishi kuzatildi. Bu esa shevaning boshqa shevalar bilan bog`liqligini ko`rsatadi.
Mazkur sheva fonetik xususiyatlari bilan o`zbek tilining qarluq lahjasiga oid bo`lsa ham, leksik-semantik xususiyatlari bilan bu lahjadan farqlanib, qipchoq lahjasiga xos holatlarni ham o`zida ifodalaydi.
Miroqi shevasiga oid so`zlarning ko`p qismi o`zbek tiliga oid, qolgan ma‘lum qismi esa fors-tojik, arab va rus tilidan o`zlashgan so`zlar bo`lib, ular shevaga xos bo`lgan ma‘no nozikligini ifodalab kelishmoqda.
Sheva leksekasini o`rganish orqali uning lug`aviy boyligini aniqlash mumkin.
Dialektal so`zlarni leksek-semantik jihatdan ma‘noviy guruhlarga bo`lish shuni ko`rsatadiki, Shahrisabz shevasidagi dialektal so`zlarning bir qancha ma‘noviy guruhlariga oid dialektizmlar faol qo`llanadi.
Demak, shevalarni va ularning leksik-semantik xususiyatlarini o`rganish bilan tilimizning hozirgi ahvoli hamda tarixini, xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini ham bilib olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |