Shahrisabz shahri — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Shahrisabz tumani maʼmuriy markazi (1926 yildan). Kitob—Shahrisabz vohasida. Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Shahrisabz jan.dan Tanxozdaryo, shim.dan Oqsuv daryosi oqib oʻtadi. Urtacha bal. 658 m. Aholisi 90 ming kishi (2004). Sh. Oʻzbekistondagi qadimiy shaharlardan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shaharga mil. av. 1 ming yillikning oʻrtalarida asos solingan.Shahrisabz mil. boshlarida va ilk oʻrta asrlarda turli nomlar bilan atalgan (qarang Kesh). 13-asrdan Shahrisabz nomi ham urf boʻlgan.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar (91,2 %), shuningdek, tojik, turkman, rus, qozoq, ukrain, ozarbayjon, koreys, qirgʻiz, turk, ukrain, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 83,7 kishi. Shahar aholisi 587,5 ming kishi, qishloq aholisi 1790,7 ming kishi (2005).
20-asr boshlarigacha hozirgi Qashqadaryo viloyati hududida yashagan aholining koʻpchiligi orasida urugʻqabilalarga boʻlinish saqlanib kelgan. Mas, Qarshi shahri va uning atroflarida mangʻit, saroy, qavchin, qatagʻon, kutchi, qipchoqlar, xtoy, qirq va boshqalar urugʻlar, Shahrisabz va uning atroflarida kenagas, saroy, qutchi, turk, qatagʻon, qalmoq, qangʻli, chuyut, qiyot, qoʻngʻirot, mojor, mangʻit, mitan, moʻgʻul, nayman, sayot urugʻlari, Gʻuzor va uning atroflarida qavchin, kerayit, qoʻngʻirot, mangʻit va boshqalar urugʻlar yashagan. Ular dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanishgan. Qashqadaryo viloyati qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish hamda yoqilgʻi resurslarini qazib olish boʻyicha Oʻzbekistonda muhim oʻrin egallaydi. Viloyat respublikada qazib olinadigan tabiiy gazning 88 %, neftning 92 %, kondensatning 99,6 %, oltingugurtning 100 % ni beradi.
Qashqadaryo respublikada eng koʻp don va paxta yetkazib beradigan viloyatdir. Oʻzbekistonda tayyorlanadigan yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 10,2 %,shu jumladan, paxtaning 11,8 %, gʻallaning 12 %, qorakoʻl terining 19 % viloyat hissasiga toʻgʻri keladi. Tabiiy gaz, kondensat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlanmoqda. Viloyatda 1,1 ming kichik korxona, 40,6 ming mikrofirma bor. Bular sanoat, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar korxonalardan iborat.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari: — tabiiy gaz va neft qazib olish, gazni qayta ishlash, paxta tozalash, yogʻ ekstraksiyasi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, ip yigiruv, tikuvchilik, oziqovqat va boshqalar Eng yirik korxonalari: Muborak neftgaz unitar korxonasi, Shoʻrtan gaz unitar korxonasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi, Qarshi, Koson yogʻekstraksiya, Shahrisabz konserva zdlari, Shahrisabz pillakashlik, Qarshi tikuvchilik fabrikalari, Qashqadaryo marmar aksiyadorlik jamiyati va boshqalar 49 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatadi, shulardan: Oʻzbekiston — Turkiya „Kashteks“ toʻqimachilik, „Oqsaroy toʻqimachilik LTD“ qoʻshma korxonalari ishlamoqda.
Viloyat hududidagi dastlabki sanoat korxonasi — Shahrisabz paxta tozalash zavodi 1916-yilda qurilgan. Undan keyingi davrda viloyatda, asosan, paxta tozalash zdlari, tikuvchilik fabrikalari qurildi. 1971-yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Mustaqillik-yillarida Shahrisabz, Yakkabogʻ un ktlari, Tallimarjon issikdik elektr stansiyasi, 2001-yil oxirida Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi qurilib ishga tushirildi. Qashqadaryo viloyati da gaz (propan), jun, paxta tolasi, momiq, polietilen, tomat pastasi, turli xil plitalar ishlab chiqariladi.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: gʻallachilik, paxtachilik, kartoshkachilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik. Bogʻdorchilik, tokchilik, ipakchilik ham salmoqli oʻrin tutadi. Chorvachiligi goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramolchilik, qoʻychilik, parrandachilik rivojlangan. Muborak, Mirishkor, Nishon, Gʻuzor tumanlarida qorakoʻlchilikka ixtisoslashgan yirik naslchilik xoʻjaliklari mavjud. Asalarichilikka ham katta eʼtibor berilgan.
Qashqadaryo viloyatida 667,6 ming ga ekin maydoni mavjud boʻlib, shundan 418,7 ming gektari sugʻoriladi. 173,8 ming ga yerga paxta, 205 ming ga yerga don, 3,2 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 0,5 ming ga yerga kartoshka, 38,1 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 32,8 ming ga yer koʻp-yillik daraxtzorlar, shundan 13,2 ming ga yer mevazor, 9,2 ming ga yer tutzor, 10,4 ming ga yer tokzorlar bilan band, 1451 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 13815 km uzunlikda kollektordrenaj tarmoqlari qurilgan. Viloyatda sugʻoriladigan dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida sugʻorish kanallari (Qarshi, Sandal va boshqalar) va suv omborlari (Tallimarjon, Chimqoʻrgʻon, Hisorak, Qizilsuv vaʼb.) barpo etilgan. Sugʻorishni tashkil etish uchun 6 ta yirik nasos stansiyasi qurilgan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida Qarshi choʻlida 250 ming ga yer oʻzlashtirilgan.
Viloyatda 68 shirkat, 17,6 ming dehqon, 17,2 ming fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Qashqadaryo viloyati shirkat, fermer va shaxsiy xoʻjaliklarida 654,7 ming qoramol (shu jumladan, 276,8 ming sigir), 2,2 mln. qoʻy va echki, 1,3 mln. parranda, 17,3 ming-yilqi boqiladi (2005). 1996-2005-yillar viloyatdan B.Roʻziyev, Q.Moʻminov, Gʻ. Rahmonov, M.Saidovlar „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoniga sazovor boʻldilar.
Qashqadaryo viloyati xaritasi.
№
|
Tumanlar
|
Tashkil etilgan sana
|
Tuman markazi
|
Qarshi shaxrigacha bo'lgan masofa (km)
|
Doimiy axolisi soni(ming kishi)(01.01.16 yil)
|
Shaharda yashovchi aholisi soni (ming.kishi)
|
Qishloqlarda yashovchi aholi soni (ming.kishi)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1
|
Koson
|
29.09.1926
|
Koson
|
30
|
261
|
135,6
|
125,4
|
2
|
Shaxrisabz
|
29.09.1926
|
Shaxrisabz
|
104
|
337,7
|
174,8
|
162,9
|
3
|
Dehqonobod
|
26.09.1926
|
Qarashina
|
105
|
134,7
|
25,8
|
108,9
|
4
|
Qarshi sh
|
13.05.1926
|
|
|
260,9
|
260,9
|
|
5
|
Mirishkor
|
25.04.2003
|
Yangi Mirishkor
|
43
|
110,7
|
41,4
|
69,3
|
6
|
G'uzor
|
29.09.1926
|
G'uzor
|
51
|
189,1
|
44,6
|
144,5
|
7
|
Qamashi
|
29.09.1937
|
Qamashi
|
63
|
249,1
|
59
|
190,1
|
8
|
Muborak
|
13.09.1978
|
Muborak
|
77
|
80,1
|
63,4
|
16,7
|
9
|
Kasbi
|
15.10.1970
|
Mug'lon
|
50
|
181
|
69,3
|
111,7
|
10
|
Yakkabog'
|
29.09.1926
|
Yakkabog'
|
95
|
242,3
|
78,3
|
164
|
11
|
Qarshi
|
01.10.1931
|
Beshkent
|
7
|
226,4
|
83,1
|
143,3
|
12
|
Nishon
|
06.03.1975
|
Yangi Nishon
|
20
|
137,5
|
83,5
|
54
|
13
|
Chiroqchi
|
22.02.1926
|
Chiroqchi
|
83
|
370
|
89
|
281
|
14
|
Kitob
|
29.09.1926
|
Kitob
|
108
|
245
|
92
|
153
|
2-savol: Shevaning o’zbek shevalari tasnifidagi oʻrni.
V.V.Reshetov 1966-yilda qurama o`zbek shevalarini o`rganib, o`zbek shevalarining eng mukammal tasnifini amalga oshirib, matbuotda e'lon qilgan3 . B.Jo`rayev va A.Shermatov Qashqadaryo viloyati o`zbek shevalarini Yuqori Qashqadaryo hamda Quyi Qashqadaryo degan ikki guruhga bo`lib o`rganishgan . T.Qudratov Qashqadaryo viloyatidagi o`zbek shevalarining oraliq guruhini tadqiq etgan. Nazar Rajabov esa Samarqand viloyati o`zbek shevalarini guruhlab o`rganib, bir qancha monografiya va kitoblarni nashr ettirgan. Shu bilan birga muallif o`zining ilmiy ishlarida Samarqandan sharqiy-shimolda joylashgan shevalarni umumiy nom bilan Jizzax shevasi deb ataganligi kuzatildi1
Dostları ilə paylaş: |