Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M. Karamzin XVIII asrda kiritgan. U O‘zbek yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatila boshlangan.Tire quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
Dialoglardagi har bir gapning boshida:
Bog‘lamasiz qo‘llangan ot kesim bilan ega orasida:
Til —millatningqalbi. Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin:
O‘zbek,qirg‘iz,qozoq,turkman,tojik—barchamizbittayurtningfarzandlarimiz. Ma’lumot mazmunidagi asosiy gapdan so‘ng tartib bilan sanalgan har bir gap boshida:
1996-yil26-apreldata’sisetildi:
AmirTemurordeni;
Buyukxizmatlariuchunordeni.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ikkinchi gapning kesimi tushirilsa:
Olamniquyoshyoritadi,insonni—ilm. Ayrim so‘z yoki gaplar izohlansa, ularning o‘rtasida:
O‘zbekistonMilliysug‘urtakompaniyasi— ,,O‘zbekinvest”. Zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida:
Vaqtingketdi— baxtingketdi. Kirishlar va ajratilgan bo‘laklar har ikki tomonidan vergul yoki tire bilan asosiy bo‘laklardan ajratiladi.
Biz —yoshlar— millatningtayanchi, Vatanning ishongantog‘larimiz. Tenglik, taqqoslash va hokazo ma’nolarni bildiruvchi so‘zlar orasida:
X.Sultonov.Onamningyurti.Qissavahikoyalar.— Т.1987 Hisob-kitob bilan bog‘liq fanlarda tire ayirish belgisini bildiradi: 307 — 23.
So‘roq belgisi va uning qo‘llanilishi
So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio — so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi ,,Q” ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatga (?) kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan. So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
So‘roq gaplarning oxirida.
Yomonlikningjazosizqolmasliginibilasizmi? Kim?, nima?, qanday?, qanaqa?, qaysi? kabi so‘roq olmoshlaridan so‘ng:
Sifatlarqanday?, qanaqa?, qaysi?so‘roqlariga javob bo‘ladi. Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo‘lsa, undan so‘ng qavs ichiga qo‘yiladi:
AbdullaQodiriyning,,O‘tkankunlar”qissasida(?)o‘zbekxalqiningyaqino‘tmishihaqidahikoya qilinadi.