O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 21/3-gurux talabasi


Tire va uning qo‘llanilishi



Yüklə 74,73 Kb.
səhifə8/13
tarix20.03.2023
ölçüsü74,73 Kb.
#88829
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Yozma nutqda tinish belgilarini qollanilish qoidasi

Tire va uning qo‘llanilishi


Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M. Karamzin XVIII asrda kiritgan. U O‘zbek yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatila boshlangan.Tire quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

  1. Dialoglardagi har bir gapning boshida:

  • Amaki, o‘ylab gapiryapsizmi? Qancha y o‘l yurib kelganimizni bilasizmi?

  1. Bog‘lamasiz qo‘llangan ot kesim bilan ega orasida:

Til — millatning qalbi.

  1. Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin:

O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz.

  1. Ma’lumot mazmunidagi asosiy gapdan so‘ng tartib bilan sanalgan har bir gap boshida:

1996-yil 26-aprelda ta ’sis etildi:

  • Amir Temur ordeni;

  • Buyuk xizmatlari uchun ordeni.

  1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ikkinchi gapning kesimi tushirilsa:

Olamni quyosh yoritadi, insonni ilm.

  1. Ayrim so‘z yoki gaplar izohlansa, ularning o‘rtasida:

O‘zbekiston Milliy sug‘urta kompaniyasi ,,O‘zbekinvest”.

  1. Zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida:

Vaqting ketdi baxting ketdi.

  1. Kirishlar va ajratilgan bo‘laklar har ikki tomonidan vergul yoki tire bilan asosiy bo‘laklardan ajratiladi.

Biz — yoshlar millatning tayanchi, Vatanning ishongan tog‘larimiz.

  1. Tenglik, taqqoslash va hokazo ma’nolarni bildiruvchi so‘zlar orasida:

Toshkent Andijon avtomobil yo‘li ta’mirdan chiqarilmoqda.

  1. Nashr, kitobot ishlarida:

X. Sultonov. Onamning yurti. Qissa va hikoyalar. Т.1987

  1. Hisob-kitob bilan bog‘liq fanlarda tire ayirish belgisini bildiradi: 307 — 23.

So‘roq belgisi va uning qo‘llanilishi


So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi ,,Q” ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatga (?) kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan. So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

  1. So‘roq gaplarning oxirida.

Yomonlikning jazosiz qolmasligini bilasizmi?

  1. Kim?, nima?, qanday?, qanaqa?, qaysi? kabi so‘roq olmoshlaridan so‘ng:

Sifatlar qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi.

  1. Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo‘lsa, undan so‘ng qavs ichiga qo‘yiladi:

Abdulla Qodiriyning ,,O‘tkan kunlar” qissasida (?) o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishi haqida hikoya qilinadi.

Yüklə 74,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin