O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 21/3-gurux talabasi


Ikki nuqta va uning qo‘llanilishi



Yüklə 74,73 Kb.
səhifə7/13
tarix20.03.2023
ölçüsü74,73 Kb.
#88829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Yozma nutqda tinish belgilarini qollanilish qoidasi

Ikki nuqta va uning qo‘llanilishi


Ikki nuqta o‘zbek yozuvida XIX asrning oxiri va XX asming boshlaridan e’tiboran ishlatila boshlangan. U quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

  1. Shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sa- nalgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan so‘ng:

Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmabdi, odamlarga kerakli ekanman.

  1. Ko‘chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan so‘ng:

Bundan so‘ng Qutidor turib ichkariga yugurdi, yarim yo‘ldanoq tanchada о‘tiruv- chi Oftoboyim va Kumushga qichqirdi: -Sir ochildi!

  1. Uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan keyin: О‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari: Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi milliy iftixorimiz, sharaf va shonimiz sanaladi.

  2. Reja, mavzu, qaror qilindi kabi so‘zlardan so‘ng:

Mavzu: Alisher Navoiyning ,,Farhod va Shirin” dostoni

  1. Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta’minlash maqsadida turli xil rasmiy ma’lu- motlarda, nashr ishlarida ayrim so‘zlardan keyin:

Toshkentda Mustaqil O‘zbekiston: falsafa va huquqning dolzarb masalalari mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

  1. Sport musobaqalarida raqiblar o‘rtasidagi hisobni ifodalash uchun olingan ochkolar yoki kiritilgan gollarning nisbatini belgilash uchun:

Andijon va Paxtakor jamoalari о‘rtasidagi о‘yin durang natija bilan tugadi -2:2. 7.Hisob-kitob ishida bo‘luv alomati sanaladi: 100 : 2=50.

Yüklə 74,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin