O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 21/3-gurux talabasi



Yüklə 74,73 Kb.
səhifə3/13
tarix20.03.2023
ölçüsü74,73 Kb.
#88829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Yozma nutqda tinish belgilarini qollanilish qoidasi

Bayon (betaraf) uslubidagi matnga tasvir, rivoyat va muhokamalar kiradi. Tasvirda biror tabiat manzarasi, voqea, hodisa, xatti-harakat tasvirlanib, aniq shaxslar ishtirok etmaydi.

Rivoyat biror voqeani bayon qilish bo‘lib, aniq shaxslar va ulaming dialogi bo‘lishi mumkin.
Muhokama bayon qilinadigan voqea, hodisaga so‘zlovchining munosabati va hukmidir.

  1. Badiiy uslub maqol, matal, masal, hikoya, ertak, povest, roman, drama kabi janrlardan tashkil topadi.

Badiiy uslubga oid matnning xususiyati undagi ta ’sirchanlik, tasviriylikdir. Bun- day matnlarda tasviriy vositalar qo‘llaniladi.

  1. Ilmiy uslub shaklidagi matnlar monografiya, ilmiy maqola, risola, taqriz bo‘lishi mumkin. Bunday matnlarda ilm va fanga oid tushunchalar sof ilmiy yoki ilmiy- ommabop uslub shaklida ifodalanadi. Shuning uchun bu xil matnlarda ilmiy atamalar, formula va o‘ziga xos ilmiy iboralar qo‘llaniladi.

  2. Ommabop uslubga oid matnlar matbuotga xos xabar, maqola, reportaj, intervyu kabi shakllarda bo‘ladi. Bu xil matnlar o‘quvchiga tezda ta ’sir etuvchi ixcham, ifodali jumlalardan tuziladi.

  3. Rasmiy uslubga oid matnlarga qaror, shartnoma, buyruq, ko‘rsatma, ish qo- g‘ozlari (ariza, xat, telegramma va boshqalar) kabi hujjatlar kiradi. Bu xil matnlarda badiiy-tasviriy vositalar qo‘llanilmaydi.5

Matnni hajm belgisiga ko‘ra ikkiga ajratamiz: minimal matn (mikromatn) va maksimal matn (makromatn). Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, o‘rta va katta hajmli matnlar. Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch хati, tushuntirish хati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e’lon va kichik хabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. O‘rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi. Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag‘ishlangan qatralar, хalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Maksimal matn deyilganda keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi. Bunday matn tarkibida epigraf, so‘zboshi, so‘ngso‘z kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin.6

5 G‘. Abdurahmonov, D. Xo‘jayeva Hоzirgi o‘zbek adabiy tili. -Toshkent-2003, 33-bet
6 S.Muhamedova, M.Saparniyazova Matn lingvistikasi. -Toshkent-2011, 45-bet
Matn kamida ikkita gapdan tuzilgan murakkab sintaktik butunlik. Gaplar o‘zaro turli sintaktik aloqa vositalari yordamida birikadi. Ularga takroriy bo‘laklar, olmoshlar, zamon va makon ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari, modal so‘zlar kabi turli leksik-grammatik birliklar kiradi. Tilshunos olim A.Mamajonov matn komponentlari o‘rtasida mustahkam sintaktik aloqa mavjudligini ta’kidlaydi va bu aloqaning o‘ziga хosligini ,,Tekst lingvistikasi” deb nomlangan risolasida quyidagicha izohlaydi: ,,Bizningcha, sintaktik aloqaning bu turi qo‘shma gap komponentlari orasidagi grammatik aloqaga o‘хshab ketadi, faqat murakkabroq ko‘rinishda yuzaga chiqadi. Ma’lumki, qo‘shma gap komponentlari orasida biriktirish, qiyoslash, zidlash, sabab-natija, shart-payt, aniqlash, izohlash kabi mazmuniy munosabatlar ifodalanadi. Bu munosabatlar qo‘shma gapning uch turi: bog‘lovchisiz, bog‘langan va ergash gapli qo‘shma gaplarda komponentlarni o‘zaro biriktiruvchi sintaktik aloqa vositalari: intonatsiya, bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar, gap bo‘laklari tartibi, olmoshlar, ayrim so‘zlarning takrorlanishi, umumiy ikkinchi darajali bo‘laklar, kesimlarning zamon munosabati kabilar orqali reallashadi. Ko‘rinadiki, qo‘shma gaplarda sintaktik aloqa predikatsiyalar orasida o‘rnatiladi. Tekstda esa sintaktik aloqa bir butun gaplar, superfrazali sintaktik butunliklar, abzatslar, qismlar, bo‘limlar, boblar o‘rtasida yuzaga chiqib uning mazmuniy va struktural birligini ta’minlaydi”.7
Demak, matn tarkibidagi gaplar faqat struktural jihatdan emas, balki mazmunan ham bir-birini taqazo qilishi kerak ekan. Matn butunligida mazmuniy yaqinlik qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, mazmun izchilligi ham shunchalik muhim. Masalan: 1.Hovli yog‘ tushsa yalagudek top-toza bo’ldi. 2.Ahmad bugun ham darsga kelmadimi? 3.Har qanday chuqurlikdan ham yuksaklikka ko‘tarilish mumkin. 4.O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga orzu ulashishdan, orzu qilishni o‘rgatishdan iborat bo‘lmog’i lozim. Yuqorida to‘rtta gap ketma-ket keltirildi. Lekin ularda mazmuniy yaqinlik yo‘q. Quyidagi gaplar yig‘inida esa mazmuniy yaqinlik ko‘zga tashlanadi, lekin mazmun izchilligi yo‘q: 1. Qalamkashning So‘zi bir yo‘la o‘n ming, yuz ming kitobхonga yetib boradi. 2. Demak, uning So‘z mas’uliyati ham boshqalarnikidan



7 A.Mamajanov Tekst lingvistikasi. -Toshkent-1989,15-bet
ming hissa ortiqroqdir. 3.Maktab o‘qituvchisining So‘zi o‘ttiz bolaga yetib boradi. 4.Notiqning So‘zi ming tinglovchiga yetib boradi. 5.Dorilfunun domlasining So‘zi yuz talabaga yetib boradi.
Yuqoridagi gaplardan matnning so‘z va uning mas’uliyati haqida ekanligini payqash qiyin emas. Bu gaplar yig‘inida mazmun yaqinligi bor, lekin izchil emas. Gaplarning ketma-ketligi buzilganligi tufayli mazmun izchilligiga ham putur etgan. Endi mazkur gaplarni qayta terib chiqamiz:
Maktab o‘qituvchisining So‘zi o‘ttiz bolaga yetib boradi. Dorilfunun domlasining So‘zi yuz talabaga yetib boradi. Notiqning So‘zi ming tinglovchiga yetib boradi.
Qalamkashning So‘zi bir yo‘la o‘n ming, yuz ming kitobхonga yetib boradi. Demak, uning So‘z mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir.
Muallif aytmoqchi bo‘lgan fikr, aslida, oхirgi gapda keltirilgan. Agar yozuvchi faqatgina oхirgi gapni keltirib qo‘ya qolganida o‘sha fikrning ta’sirchanligi bo‘lmasligi mumkin edi. Adib maqsadini qiyoslash usulidan foydalanib to‘la va aniq yetkazishga erishgan: o‘qituvchi va bunga parallel ravishda o‘ttiz bola, domla - yuz talaba, notiq - ming tinglovchi, qalamkash - o’n ming, yuz ming kitobхon. Bu matndagi qiyos pog‘onama-pog‘ona ,,kengayib boruvchi” leksik-semantik birliklar fonida yanada aniq ifodasini topgan:

    1. Muassasalar: maktab→dorilfunun→ijtimoiy-ijodiy maktab, ya’ni hayot;

    2. Kasb egalari: o‘qituvchi→domla→notiq→qalamkash;

    3. Miqdor: o‘ttiz→yuz→ming→o‘n ming, yuz ming. Ohang ham shunga muvofiq ko’tarilib boradi.

Matn tarkibidagi bu uzvlarning o‘zaro munosabati gapdagi so‘zlarning bir- biri bilan bo‘lgan munosabatiga o‘хshaydi. Matnda so‘zlar orasidagi munosabatdan ko‘ra gaplar o‘rtasidagi aloqadorlik muhim hisoblanadi. Agar gaplararo ham mazmunan ham shaklan aloqadorlik mavjud bo‘lmasa, matn butunligi haqida ham gapirish mumkin emas.

Yüklə 74,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin