O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 21/3-gurux talabasi


Undov belgisi va uning qo‘llanilishi



Yüklə 74,73 Kb.
səhifə9/13
tarix20.03.2023
ölçüsü74,73 Kb.
#88829
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Yozma nutqda tinish belgilarini qollanilish qoidasi

Undov belgisi va uning qo‘llanilishi


Undov belgisi o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha, u lotincha lo — undov so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, unga nuqta (.) ning qo‘shilishidan hosil bo'lgan. Undov belgisi quyidagi hollarda ishlatiladi:

  1. Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so‘ng qo‘yiladi:

Ana tuproq, mana tuproq!— deydi.

  1. Buyurish, yalinish, istak, xohish va shu kabi ma’nolarni ifodalovchi gaplarning oxirida ham ishlatiladi:

Siz ham oyoqni ishlating! — deb buyurdi.

  1. So‘z boshida kelib, kuchli his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan so‘ng qo‘yiladi:

Ey arslonlar arsloni!

  1. Ha, yo‘q, xo‘p, uzr, mayli, xayr, salom kabi so‘z-gaplar hayajon bilan aytilsa, ulardan so‘ng qo‘yiladi:

Yo‘q! Borolmayman, — dedi qayrilib.

  1. Matn ichida alohida ta’kidlangan, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardan keyin qavs ichida berilishi mumkin:

,,Boburnoma”da tarix, etnografiya, til, adabiyot, geografiya, biologiya, botanika, hatto tabobatga (!) oid g‘oyat qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin.

  1. Aytilishi lozim bo‘lgan fikr o‘ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket uchta belgi qo‘yiladi:

Chiqar buni jallod!!!

  1. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq, shuningdek, ritorik so‘roq gaplardan so‘ng:

Kimdir seni kutsa, kimnidir sen ham sog‘insang, qanday baxt bu!

Yüklə 74,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin