O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 21/3-gurux talabasi


Vergul va uning qo‘llanilishi



Yüklə 74,73 Kb.
səhifə6/13
tarix20.03.2023
ölçüsü74,73 Kb.
#88829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Yozma nutqda tinish belgilarini qollanilish qoidasi

Vergul va uning qo‘llanilishi


Vergul tinish belgisi sifatida G‘arbiy Yevropada XV asrdan boshlab ishlatila boshlangan. O‘zbekcha matnlarda XX asr boshlaridan boshlab uchraydi. Undan quyidagi o‘rinlarda foydalaniladi:

  1. Uyushiq bo‘laklar orasida:

Bolalarning xulqi, odobi, yurish-turishi, ko‘cha-ko‘yda, mahallada о‘zini tutishi, do‘stlari orasidagi mavqeyi, hurmati, oila yumushlariga qo‘shayotgan hissasi bilan doimo qiziqib turish lozim.

  1. Undalmalar vergul bilan ajratiladi:

Uka, о‘qishning erta-kechi bo‘lmaydi. Men Sizni, oyijon, juda yaxshi kо‘raman.

  1. Kirish so‘z va kirish birikmalardan so‘ng:

Shubhasiz, Vatanimiz jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan о‘rin olajak. Forobiyning yozishicha, inson jamiyatda, o‘zaro munosabatlarda voyaga yetadi.

  1. Tasdiq, ta’kid, inkor va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi ha, yo‘q, rahmat, xo‘sh, qani, xayr, ofarin, salom kabi so‘z-gaplardan keyin kelgan bo‘laklarni ulardan ajratish uchun ham vergul qo‘yiladi:

Ha, hushyor bo‘lish har bir fuqaroning Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Xayr, biz jo‘nab ketyapmiz. Xo‘sh, xalq uchun siz nima ish qildingiz?

  1. Ajratilgan bo‘laklar orasida:

Onaga, eng ulug‘ zotga, ehtirom chinakam insoniylik sanaladi.
О ‘zbekistonda, jahonga yuz tutgan obod va ozod mamlakatda, demokratiya kundan kunga barqarorlashib bormoqda.

  1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil qilgan sodda gaplar orasiga: Do‘sting mingta bo‘lsa ham oz, dushmaning bitta bo‘lsa ham kо‘p. Yurgan - daryo, о‘tirgan - bo‘yra.

  2. Bog‘langan qo‘shma gaplarda ham vergul ishlatiladi:

Bilimli va tadbirkor bo‘ling, lekin bu xislatlaringiz sizni xudbinlikka sira
yetaklamasin. Yo biz boraylik, yo siz keling.

  1. Undov so‘zlar his-hayajon bilan aytilmasa, ulardan so‘ng vergul ishlatiladi:

Ey, menga bir minutga qarab qo‘ying.

  1. Ko‘chirma gap darak, buyruq gap bo‘lsa, undan so‘ng vergul qo‘yiladi:

,,Inson qalbi javohirlardek toza, pok bo‘lmog‘i lozim”, deb aytgan edi Beruniy.

Nuqtali vergul va uning qo‘llanilishi


Nuqtali vergul o‘zbek yozuvida 1885-yildan boshlab uchraydi. U quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi.

  1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun jihatidan tugal fikrni anglatib, bir-biriga yaqin bo‘lmagan hollarda:

Lekin avtor shu kichkinagina hikoyada katta ish qiladi; о‘quvchining kо‘z oldiga odamning havasi keladigan, har qanday kishining muhabbatini о‘ziga qaratadi- gan, har qancha izzat qilsa arziydigan va bu izzatga о‘zining jafokashligi, g‘ayrati, farosati, el-yurt uchun qayg‘urishi bilan sazovor bo‘lgan bir chol keladi.

  1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar bir-biriga qiyoslanganda:

Ish kuchini elga berma, yerga ber; jamg‘armani selga berma, elga ber!

  1. Uyushiq bo‘laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilgan- da, har bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin:

Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va O‘zbekiston degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va barg- lari, vodiylar yashil rangda; tog‘lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va yulduz oq rangda beriladi.

  1. Reja, qaror, farmon, buyruq, qonun va shu kabilarning oxirgi bandidan tashqari har bir bandi oxirida:

Otabek timsoliga tavsif:

  1. Otabek - о‘qimishli, o‘z davrining yetuk kishisi;

  2. Otabek - mard va jasur yigit;

d) Otabek - o‘z ahdiga sodiq, vafoli yor.

Yüklə 74,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin