O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 21/3-gurux talabasi



Yüklə 74,73 Kb.
səhifə12/13
tarix20.03.2023
ölçüsü74,73 Kb.
#88829
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Yozma nutqda tinish belgilarini qollanilish qoidasi

Xulosa


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek: ,,Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat maqomini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish davlat ishi ahamiyatiga molikdir.”12
Xulosa o‘rnida yana shuni ta’kidlab o‘tishimiz joizki, tinish belgilar zamirida katta ma’no-mazmunning talqini yotadi. Yuqoridagi keltirilgan misollardan ham ko‘rinib turibdiki, tinish belgilarining ahamiyati beqiyos. Katta- katta roman, hikoya, esse umuman olganda barcha badiiy asarlarning ta’sirchanligini tinish belgilari amalga oshiradi. Tinish belgilarisiz bizning yozma shakldagi adabiyotimiz, hujjatlarimiz o‘z mazmuniga ega bo‘lmas edi. Ular quruq, hech qanday ma’noni kasb etmasdi. Biz har jumlamizni tilimiz orqali gapirayotganimizda, uning tasviri, yani qog‘ozdagi aksini, aynan, shu tinish belgilari bajaradi. Demak, tinish belgilari o‘zbek adabiy tilida asosiy mavzulardan biridir. Shu sabab ham, biz qator izlanishlarni o‘rganish mobaynida ko‘rdikki o‘zbek yozuvi va uning tarkibiy qismlarida tinish belgilarining o‘rni beqiyosdir. Avvalo, nutq insonlarning bir-birlari bilan muloqot qilishlari uchun kerak bo‘ladigan asosiy vositadir. Tinish belgilari esa bizni nafaqat badiiy adabiyotni, balki ijtimoiy-siyosiy hujjatlarni ham tayyorlashda xizmat qilishini bilib oldik. Davlatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng olib borilayotgan islohatlarning barchasi yurt istiqboli uchun bo‘ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz tomonidan ta’lim olishga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu esa o‘z navbatida fuqorolarning savodli bo‘lishini ta’minlab berdi. Bu tilimizning rivojlanishiga ham sabab bo‘ldi. Hozirda yoshlarning malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlarida barcha fanlarning o‘rni bor. Ammo ona tilisiz boshqa fanlarni o‘zlashtirish oson kechmaydi. Shunday ekan tilni qanchalik yaxshi bilsak kundalik hayotimizda va ish faoliyatimizda bu narsa yordam beradi. Og‘zaki nutqning aksi yozma matnda va uning tarkibida aks etadi. Ularni o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanish esa bu tilimizga bo‘lgan hurmat va o‘zimizga bo‘lgan mas’uliyatdir.



12 Karimov.I.A Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –Toshkent-2008, 200-bet

Yüklə 74,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin