O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 21/3-gurux talabasi


Qo‘shtirnoq va uning qo‘llanilishi



Yüklə 74,73 Kb.
səhifə11/13
tarix20.03.2023
ölçüsü74,73 Kb.
#88829
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Yozma nutqda tinish belgilarini qollanilish qoidasi

Qo‘shtirnoq va uning qo‘llanilishi


Qo‘shtirnoqni amaliyotga rus olimi prof. A.A.Barsov kiritgan. O‘zbek yozuvida u kiritish belgisi sifatida XIX asrning 80-yillaridan boshlab uchraydi. Qo‘shtirnoq quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi.

  1. Ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi.

I.V.Gyote shunday deb aytgan edi: ,,Donishmandlik faqat haqiqatdadir”.

  1. Sitatalar qo‘shtirnoq ichida yoziladi:

Buyuk yozuvchimiz A. Qahhorning quyidagi gaplari halihanuz o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q: ,,Adabiyot atomdan kuchli , lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarflamaslik kerak”

  1. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar, ishlatilishi odat tusiga kirmagan, eskirgan yoki yangi qo‘llanayotgan, kesatiq, piching, do‘q-po‘pisa va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi leksik birliklar qo‘shtirnoq ichida yoziladi:

Bu safar Botirovning jinoyati o‘n bir yillik qamoq bilan ,,taqdirlandi”.

  1. Badiiy asarlar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartina nomlari qo‘shtirnoq ichida beriladi: ,,Sohibqiron” dramasi

  2. Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari qo‘shtirnoq ichida yoziladi: ,,O‘zbekiston” mehmonxonasi.

  3. Transportlarning markasini bildirgan so‘zlar, o‘simliklarning turini, mahsulotlarning nomini ifodalovchi leksik birliklar qo‘shtirnoqqa olinadi:

,,Neksiya” rusumli yengil mashina

  1. Ayrim orden va medallar, faxriy unvonlar nomi qo‘shtirnoq ichida beriladi:

,,El-yurt hurmati” ordeni 1998-yil 28-avgustda ta ’sis etildi.

  1. Qonun, farmon, buyruqlarning nomi, ayrim bandlari qo‘shtirnoq ichida beriladi. 1995-yilning 6-may kuni ,,Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida’’ Qonun qabul qilindi.

  2. Sinflarning tartibini bildiruvchi harflar, baho ballari ham qo‘shtirnoq ichida beriladi: 11-,,A” sinfi

Yüklə 74,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin