Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi guruh talabasi ning


Kurs ishining tuzilishi va xajmi



Yüklə 49,97 Kb.
səhifə3/8
tarix26.09.2023
ölçüsü49,97 Kb.
#149255
1   2   3   4   5   6   7   8
Morfologiya. ERKINJON

Kurs ishining tuzilishi va xajmi: Kirish, 2 bob, 4 boʻlim, xulosa, foydlanilgan adabiyotlardan iborat. Jami 33 sahifadan tashkil topgan.
I BOB Morfologiya va Grammatik ma’no tushunchasi
1.1 Morfologiya va Grammatik ma’nо haqida umumiy tushunchalar
Morfologiya boʻlimida soʻz shakllari va kategoriyalari, soʻz shakllarini tasniflash tamoyillari haqida, sintaksisda esa soʻz shakllarinnng gap tarkibida oʻzaro birikish yoʻllari, gap va uning kategoriyalari, gapning tuzilish tiplari haqida bahs yuritiladi. Soʻz shakllarida morfologik va sintaktik ma'nolarning uygʻunligi koʻrinadi. Morfologiya grek. morfos «shakl», logos «ta'limot» soʻzlaridan olingan boʻlib, soʻz shakllari hadidagi ta'limotdir. Demak, morfologiyada soʻz shakli tushunchasi markaziy oʻrinni egallaydi.
Soʻz atamasi tilning leksik sathiga mansub boʻlgan birlik uchun ham, morfologik sath birligi uchun ham qoʻllaniladi. Leksik sath birligiga nisbatan qoʻllanilganda leksemaga, morfologik sath birligiga nisbatan qoʻllanilganda esa soʻz shakliga teng keladi.
Soʻziing grammatik ma'no ifodalovchi vositalarisiz qismi leksema sanaladi. Boshqacha aytganda, har qanday soʻz oʻzgarish paradigmasida paradigma a'zolari uchun umumiy boʻlgan qism leksema sanaladi. Agglyutinativ tillarda leksema, asosan soʻzning asos qismiga teng keladi. Masalan, ishining, ishni, ishga, ishdan, ishda soʻz shakllari uchun umumiy boʻlgan qism ‘ish’ leksemaga teng keladi.
Soʻzning grammatik ma'no ifodalovchi grammatik morfemalar sistemasi grammatik paradigma hisoblanadi.
Masalan, kitobim, kitobing, kitobi
otlarning egalik paradigmasi sanaladi.
Paradigmaning muayyan bir a'zosi soʻz shakli hisoblanadi.
Paradigma a'zolari oʻz ichida oʻzaro zidlik munosabatida boʻladi. Ana shu munosabat u yoki bu paradigma a'zosini toʻgri tavsiflash va uning sistemadagi qiymatini toʻgri belgilash imkonini beradi. Masalan, qalam soʻzining birlik shaklda ekanligini otlarning son paradigmasidagi qalamlar shakliga qarab belgilaymiz. Yoki shu soʻzning bosh kelishikda ekanligini otlarning kelishik paradigmasidagi qalamning, qalamni kabi shakllarga qarab anglaymiz. Bundan koʻrinadiki, har bir paradigma asosini oʻzi tashkil etgan a'zolari oʻrtasidagi zidlanishlar tashkil etadi. Zidlanishlar paradigma a'zolarining yashash va rivojlanish asosidir.
Har bir zidlanishda umumiylik-xususiylik dialektikasi namoyon boʻladi. Zidlanuvchi a'zolar birlashtiruvchi va farqlovchi semalar majmuasidan iborat boʻladi. Birlashtiruvchi sema zidlanuvchi a'zolarni ma'lum sinfga birlashtirish uchun xizmat qilsa, farqlovchi semalar ma'lum sinf tarkibidagi a'zolarning oʻzaro farqlanishini, oʻziga xosligini bildira-di. Masalan, qalam, qalamning, qalamni kabi soʻz shakllari kelishik umumiy grammatik semasi (birlashtiruvchi sema) bilan kelishik paradigmasiga mansubligini bildirsa, qalam va qalamning oʻrtasidagi farqlovchi sema (birida nol koʻrsatkichli sema, ikkinchisida qaratqich semasi) ularning oʻziga xos belgilarini ochish uchun xjzmat qiladi.
Zidlanish turlari. Har bir morfologik soʻz muayyan shakllar sistemasini — paradigmani hosil qiladi. Masalan, kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda soʻz shakllari kelishik paradigmasini tashkil etadi. Paradigmaning har bir a'zosi shu soʻzning shakli sanaladi. Demaq soʻz shakl (morfologik soʻz) ikki va undan ortiq morfemaning sintagmatik munosabatidan tashkil topgan butunlik [M+M] gapga tayyor qolda olib kiriluvchi funktsional birlikdir. Hatto bir morfemadek tuyulgan kitob, qalam kabi soʻzlar ham morfemik jiqatdan ikki morfemadan tashkil topgan butunlik sanaladi: [kitob + M] M qis-mi - bosh kelishik birlikni ifodalovchi nol shakldir.
Morfologik soʻz morfemalarning sintagmatik munosabatidan tashkil topar ekan, demak, soʻzning qurilish birligi morfema varianti sanaladi. Shuning uchun morfologiyada morfema va uning varianti tushunchasi markaziy oʻrinni egallaydi.
Tilning eng kichik ma'noli birligi morfemadir. Morfema ijtimoiy-ruhiy mohiyat boʻlib, bevosita kuzatishda – nutk jarayonida bir nechta variantlar orqali namoyon boʻladi. Morfemaning nutq tarkibida bir necha koʻrinishlarda namoyon boʻlishi allomorflar yoki morfemaning variantlari sanaladi. Masalan, qishlogʻimizga soʻz shakli hozirgi oʻzbek tili nuqtai nazaridan uch allomorfning (tarixiy jihatdan toʻrt allomorf: qish +logʻ+ imiz + ga) sintagmatik munosabatidan tashkil topgan butunlikdir: qishlogʻ + imiz + ga.
Variantlar namoyon bolish shart-sharoitiga koʻra bir necha turga boʻlinadi:

Yüklə 49,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin